Форум » Kirish mumkun. by Hoosier » Nik. » Ответить

Nik.

Casual: Ho'sh sizning nikingizning tarihi qanday? Mani nikim hayolimga spontanno kelgan. O'zidan-o'zi... Ma'nosiyam unaqa katta ahamiyat kasb etmaydi man uchun.

Ответов - 14

Mia Colucci: Мани никим энг яхши курган сериалимдаги бош ролни уйнаган кизни оти.

Muhibul_Jannah: Bir kuni YM ni endi o'rganvotgan rasa qiziqvotgan paytlarimidi ancha oldinidi YM Roomsdigi Islam kanaliga kirsam KO'zim shartta tushgande shunaqa nikka Mukhibul_Jannah oo didim tarjima qisam cho'tkiy mano uhti didim reski o'sha kundan beri shu nikki o'zimga nik qivoldim i KEin ukammi oti Muhibulloh :)

SHahinur: Hmm mani nikim uzimni ismim,boshqacha nik qidirishga vaqt ham bolmagan hayolga ham kemagan endi internetga kirishim bolgan shunda bitta joyga shu uzimni ismim bilan kirganman va shu shu hamma joyga shu bilan kiraman chunki shuni ham talab qilishgan shunga boshqa nik haqida uylab kurmaganman,lekin togrisini etsam shu ismimni haqiqiy manosini bilmiman


Muhibul_Jannah: Shu SAni haqiqiy isminmikin aaaaaaaaaaaa

A_Person: Mani nikim bu tipa Persona diganide. Bu ham miyaga 1- kegan va qaytib chiqmagan nk

ikbaljohn: Ihmmm.Iqbol+Elton John=ikbaljohn... Xazil albatta.Prosto otim Iqboljon bo'gani uchun chet elliklaram shunaqa talaffuz qilsin deb ikbaljohn deb yozganman.Bilsezidi,shu jon qo'shimchasini aytib chaqirishmasa qanchalik xafa bo'lishimmi..

Смородина: Ман одамгакузимни котта кота очволиб тикилиб туришимга, кузи коралигига деярли хамма уйимдагила хам, кариндошларим хам, купгина танишларим смородинага ухшатишади. Шунга никим шунака. Уйимдагилар учун тугилиб тугрукхондан уйимга об келишгандан бери смородинаман. Унда кузларим бундан хам коп-кора буган экан. Шу шу смородина буп кетганмиз.

perfect_GirL: -Mani nikimmi tarihiga kesey...Hmmm Ooooldin bitta yaqin dos'tim bolardi. U doim etardi "U r perfect girl" dib. Keyin u ketti. Undan shu so'z manga kak-to Esdalik uchun qoldi. Man shuni ozimga nick qildim! Eski nikim esa IRONA edi. Rayhonnniiii judayam ashshaddiy fonatkasi boganim uchun... (Iro)da + Rayho(na) = Irona....

Bobosh: gayrat17, 2003 yilda birinchi marta inetga kirganimda komp. ni umuman bilmasdim, denn iNetga kirsang hat yozib turaman dedi, keyin Qo'qonda Simusmi esimda yo'q, shunaqa provayderga borganman, o'sha erda pochtani ochtirganman, nima deb nom qo'yay deganda gayrat deganman, bunqasi borakan, yoniga nima qo'shaylik deganda, o'qishga 17 o'rinda kirganim esimga tushib qoldi, shu shu hamma erda gayrat17. Bugun nikimni o'zgartirdim, chunki forumni nomidan post qo'ldirish boshqalarga hurmatsizlikday tuyilyapti, huddi shaxsiy forumimday, shuningchun Bobosh deb o'zgartirdim, Meni qarindoshlarim, va uydagilar hammasi Bobo deb atashadi, jiyanchalarim "bobosh" deb atashadi, endi Sizlar ham Bobosh denglar

Mulatka: Askaga mulatka bop kirganman, nega Mulatka, chunki oppoqmasman, qop-qorayammasman , maktabda shokoladka dishardi, keyin Dima -bilan ashulasidan keyin Mulatka dishi odat qilishudi, manam shu-shu Mulatkaman

hoosier: hmmm Hoosier...ma'nosi buyicha juda ko'p variantlar bor, lekin man buni olganim sababi forumga kirishni boshlaganimda boshqa shtatga keganman va usha shtat aholisini shunaqa dib chaqirishadi: hoosiers deb! Shunchun shu nommi uzimiki qivoganman!

missDiva: Mani eng yaxshi ko'rgan koftam bo'lardi, o'shatta missDiva dib yozib qo'yilgandi:))

kamalabloom: A men hali bolaligimda bitta English kitobida Kamala degan ismni ko'rib qolganman, bitta hind qizning ismi ekan. Menga juda yoqib qolgandi . A Bloomga kelsak, birinchidan, yaxshi ko'rgan aktyorim Orlando Bloomni familiyasi ; ikkinchidan, gul degani uchun ham .

begi_la: Hmm mani nikim Begi (beg_zod)+ la "bu oddiy-Laverev digan aktyor bo'lardi oldin " =begi_la.



полная версия страницы