Форум » Sevgi chorrahasi » Sevgi satrlari... » Ответить

Sevgi satrlari...

missDiva: Sevara Nazarkhanning "Sevgi A'lam" qo'shig'ini yoqtiraman. :) Goh sharbat, goh og'u, Ko'hna g'amga ko'zgu, Navqiron sevgi bu, Qo'shiqlarda qayta yaraldim. Ham hijron, ham visol, Sen hayot, sen hayol, Bog'da bir gul misol, Erkam, kuy bo'lib men senga taraldim. Sevgi alam, yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam... yuragimga malham... Goh dunyo tor, goh keng, Borlik yo'qlikka teng. Sen yagonamsan eng erkam, Sevilganlar ichra tanhoman. Jon ham yondi zor-zor, Dosh bersang bas yurak. Oy quyoshdan darak, erkam, Tun ko'ksini yorgan ziyoman. Sevgi alam, yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. [x2] Sevgi alam yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam...

Ответов - 50, стр: 1 2 3 4 All

hoosier: Eng sevimli she'rim Cho'lpon- Go'zal Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib, Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: "Men uni tushda ko'ramen. Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal, Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.." Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa, Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa, Ul-da aytadirki: "Qizil yong'oqqa Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa. Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal, Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.." Erta tong shamoli sochlarin yozib, Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen. Aytadir: "Bir ko'rib, yo'limdan ozib, Tog'u toshlar ichra istab yuramen! Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal, Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.." Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib, Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda. Ul-da uyatidan berkinib, qochib, Aytadir: "Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda. Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal, Oydan-da go'zaldir… mendan-da go'zal!.." Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?! Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen. Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen, Men suyub… men suyub… kimni suyubmen? Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal, Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

hoosier: шу шеърниям севаман...... Предвижу все: вас оскорбит Печальной тайны объясненье. Какое горькое презренье Ваш гордый взгляд изобразит! Чего хочу? с какою целью Открою душу вам свою? Какому злобному веселью, Быть может, повод подаю! Случайно вас когда-то встретя, В вас искру нежности заметя, Я ей поверить не посмел: Привычке милой не дал ходу; Свою постылую свободу Я потерять не захотел. Еще одно нас разлучило... Несчастной жертвой Ленский пал... Ото всего, что сердцу мило, Тогда я сердце оторвал; Чужой для всех, ничем не связан, Я думал: вольность и покой Замена счастью. Боже мой! Как я ошибся, как наказан. Нет, поминутно видеть вас, Повсюду следовать за вами, Улыбку уст, движенье глаз Ловить влюбленными глазами, Внимать вам долго, понимать Душой все ваше совершенство, Пред вами в муках замирать, Бледнеть и гаснуть... вот блаженство! И я лишен того: для вас Тащусь повсюду наудачу; Мне дорог день, мне дорог час: А я в напрасной скуке трачу Судьбой отсчитанные дни. И так уж тягостны они. Я знаю: век уж мой измерен; Но чтоб продлилась жизнь моя, Я утром должен быть уверен, Что с вами днем увижусь я... Боюсь: в мольбе моей смиренной Увидит ваш суровый взор Затеи хитрости презренной — И слышу гневный ваш укор. Когда б вы знали, как ужасно Томиться жаждою любви, Пылать — и разумом всечасно Смирять волнение в крови; Желать обнять у вас колени И, зарыдав, у ваших ног Излить мольбы, признанья, пени, Все, все, что выразить бы мог, А между тем притворным хладом Вооружать и речь и взор, Вести спокойный разговор, Глядеть на вас веселым взглядом!.. Но так и быть: я сам себе Противиться не в силах боле; Все решено: я в вашей воле И предаюсь моей судьбе. Пушкин-Евгений Онегин

perfect_GirL: Qo'llarimda qoldi titrab suvrating.... Qo'llarimda qoldi titrab suvrating.... lablarimda qold titragan bosa Nega tashlab ketting ey Bag'ritoshim... Vayyy shunaqamidi esimdan chiqib qopti shu sher!!!


missDiva: Cho’lpon she’rining men yoqtirgan parchasi… Hayoli Ko’ngildagi muhabbatning uchqunin Hayolimning bir burchagida berkitdim. Ul uchqunning kuchligidan siynamda Hech tuzalmas, og’ir yara bor etdim. Qulog’imga ol baxt, deb eshitilgan Azonlarni shaytoniy deb o’yladim, Shuning uchun baxt bergan malakka Turli-tuman afsonalar so’zladim… Cho’lpon, 1920

missDiva: Yana bir suygan Cho'lpon she'rlaridan biri: Suygan choqlarda Go’zallarning malikasi ekansan, Buni sening ko’zlaringda o’qidim. O’qidim-da istiqbolim qushiga Hayolimdan oltin qafas to’qidim. Gunafshalar qulog’imga madhingni So’zlab-so’zlab charchadilar, bitmadi… Alamzada bulbul yig’lab, kechalar Alamingning so’ngin tamom etmadi. Ko’zingdagi hikoyaning mazmunin, Shoir bo’lsam, aytib-aytib yig’lardim. O’shal, eski jarohatli qalbimni Satrlarning nashtari-la tilardim. Hayolimning qip-qizildan kiyingan Parilari, hurlarini ko’rdingmi? Alamimdan gullar ekkan yo’llardan Koinotga hayot sochib yurdingmi? Yo’llaringda she’r aytsa so’lgan barg, Qulog’imga musiqalar keltirur. Qachon sening musiqali ovozing Sening meni suyganingni bildirur?

MrExclusive: Agar hayol sursam gulim. Seni surar faqat dilim! Hatto kelsa manga o'lim Isming ayta olur tilim! Sensan mening oq bir gulim Bog'imdagi go'zal so'lim....:( So'rmadinga bir bor holim.. Senvganmidim man bir zolim. etgan eding siz!siz! jonim!. hayotimda yo'g'u borim. labimdagi shirin bolim. Degan eding bo'ling yorim..... San aldading mani honim. emas ekanmanu joning ! labingdagi shirin boling.!:) man ekanman bir ozoring. qalbing ekan bir bozoring. San qalbingni sotding bilgin San balchiqqa botding bilgin. San sevgingni otding bilgin....:)

missDiva: wow! Ahror, kimmi she'ri? "Bilsak bo'ladimi?"

hoosier: Mr_Exclusive, shuni Shox_repperga bering zo'r ashula chiqadi...

missDiva: Ko'ngil, tinmas ko'ngil, endi yetar, ko'z tikma gullarga, Go'zaldir, yoshdir ul gullar... faqat aldanma ularga Ki, qizg'onmas, ko'ngil qo'ymas seningdek oqko'ngillarga.

MrExclusive: Farida Avtor o'zim :))), :))), Jamshid aka, shoxrux repper ni nima qlas, bundan zo'r pop yoki klassika chqadi...:)))))

missDiva: Barcha she'rlar ajoyib, gap yo'q!!! Ahror, yana bormi?:) Birinchi she'riz ma'nosi tanish. Inson siqilsa, nogoh qo'liga qalam olar ekan... Hoosier, yozgan she'rlarizda ma'no ko'pakan...

MrExclusive: yana bor...keyinro qo'yarman...a qaysi janrda ijod qilishimga kese, man yengi janr ochganman Mu'samman Murabba' Mu'samman. :))))))))))))))))))))))))))))))))))))) yana boshqa yengi janralaram bor :)))))))

tanish_bola: Aruz da ijod qilamannnnnnnnnnnnnnn Dismi :)))))))

MrExclusive: tanish_bola пишет: Aruz da ijod qilamannnnnnnnnnnnnnn Dismi :))))))) yo boshcharo etaman, masalan shu Abdullatiyf bo'sa kere diyman..:)!

SHahinur: Suydi yurak kuydi dil, Kozim yoshlab qolaman. Jonim bugun alamdan otash bolib yonaman, Nola qildim hudoga etmadi mening suzim, Qulim ochib duoga kuzatdim yorni uzim. Kechirilmas gunohim, Yuragimda dog qoldi. Muhabbatim armon bolib, Bogboni yoq bog qoldi. Eyyy ishqilibdee hamma sevganiga etishsin

perfect_GirL: Озорижон!!! Muhabbatning kaftlaridan gul teribman, Ko’zlarimda kavsardan suv keltiribman, Ketdingiz-a ishonchimni yerga tashlab Sizning uchun Arshdan tushib o’ltiribman. Xajr mayin ichganidan norozi jon, Uzr, sizni kechirmasam Ozorijon… Yonamanki shamollarning qo’li kuyar, Yuragimni totsa o’tning tili kuyar, Kofir bo’mang mendan tonib, qo’yingizda Yaratganning eng erkatoy quli kuyar. Umidlari uchganidan norozi jon, Uzr, sizni kechirmasam Ozorijon… Sog’inch ekan menga qismat, voy Hudoyim! Sevib topdim faqat xasrat, voy Hudoyim! Qarasangiz zirqiraydi nigohlarim Tiz cho’kishdan o’zing asra voy Hudoyim! G’urur qulfin yechganidan norozi jon Uzr, sizni kechirmasam Ozorijon…

Смородина: Снова плачу и страдаю, А на улице весна. Я наверно умираю, Потому что вновь одна. Я не вижу смысла в жизни И не знаю как мне быть. Знаю, что лишь после смерти Я смогу тебя забыть. Ты убил мои все чувства, Ты разрушил жизнь мою. А когда-то говорил мне: "Зайка, я тебя люблю!" Ты бросал слова напрасно, Ты играл, а я ждала. Ты вернешься - это ясно, Но уже я умерла. Ты вернешься слишком поздно, Может будешь ты страдать. И поймешь - свою девчонку Ты заставил умирать. "Умерла! Прощай, любимый! Я любила! Я ждала! Все убил ты, мой красивый! Будь же счастлив! - Я УШЛА..."

missDiva: :(

hoosier: Smorodina, bunaqa she'rlar yozmen! sevgi satrlari, ayriliq emassss

hoosier: Yasatib qo'yibdi senga bir dunyo, Orziqib kutadi bugun yuragim. Mening yuragimga kelgil, marhabo, Mening yuragimga kelgil, malagim. Muhabbat baxtini topadi unda, Kelgil, afsonalar aytmoqda bog'lar, Aziz boshing uzra yaltirab kunda Oltinga aylanar kuychi yaproqlar. Mehribon yellarning qanotlarida, Qani, yur, boraylik lola tergali. G'aroyib gullarim bordir narida, Gulim, ko'rmagansan umringda hali. Qaragil, naqadar tiniqdir osmon, Uning huzuriga yurgil, boraylik. U yerga qaro tun yo'lamas aslo, Bulutlar qayg'udan ketmas qorayib. Qani, qo'llaringni qo'limga qo'y-chi, Mening yuragimga ketaylik birga. Sira ham u yerdan ketmaylik ko'chib, Achchiq tajribalar ortib taqdirga.. Rauf Parfi

Смородина: hoosier пишет: Smorodina, bunaqa she'rlar yozmen! sevgi satrlari, ayriliq emassss Севгида айрилик хам булади)) Бу айрилик хкида ёзилмаган бу кизни севгиси хакида ёзилган шеър)) Кузлариззи коооотттта-коооттта киб очиб укин))

hoosier: Seni hech kim sevolmaydi meningdek: Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol, Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol, Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!.. Aldanma yor, aldamchilar makriga, Malak bo`lma bevafo ishq shahriga, Ular seni bir bossa bas bag`riga, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Yo`ling kesib o`tsam - o`zim hijolat, Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat, Bir nigohing o`zi menga inoyat, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman, Yoningga bir kelmayman-u, sevaman, Ismingni ham bilmayman-u, sevaman, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari, Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari. Muhammadning ko`nglidagi dilbari, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Muhammad Yusuf

gayrat17: MENI DOIM ESLAB YUR Oh, azoblaring dilim tilar, sen bilmading, Kulay desam, ko‘zim yig‘lar, sen bilmading, Eslamadi bir bor dema, go‘zalginam, Eslaganim xudo bilar, sen bilmading. Eh, nima qilay bir dalliyu devonaman, Oyog‘ingda xor etganing – ostonaman, Dilimda sen, lekin senga begonaman, Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading. Egilib mag‘rur qaddim, Otdan tushsa omadim, Unutma muhabbatim, Meni doim eslab yur. Xushroq edi ko‘nglimiz, Gulbog‘ edi ko‘nglimiz Begonamiz endi biz, Meni doim eslab yur. Baxtni olisdan kutdim, Orzularga gul tutdim, Goho seni unutdim, Meni doim eslab yur. Sevdim gul yuzni degan Dilga jabr ko‘p ekan, Chap ko‘ksim to‘la tikan, Meni doim eslab yur. Ko‘nglim kuz, o‘zim xazon Ishq uvol, tole yolg‘on, Ko‘rishmasak qadrdon, Meni doim eslab yur.

adiba: sevgini qildim xavas sevgiga yetguncha boldi sevolmayman bas yuragimni tirnadi buncha...

Bobosh: adiba пишет: sevgini qildim xavas sevgiga yetguncha boldi sevolmayman bas yuragimni tirnadi buncha. Sevgini qilmang xavas sevgiga etolmaysiz etgangan taqdiringizda mahkam qucholmaysiz (O'tkuriy)

GODzilla: Ayt, meni hijroning bag'riga tashlab, Qaylarda yuribsan beg'am, bearmon? Ayt, seni sog'insam kimlardan so'ray, Kimlarga ohimni etayin bayon???

GODzilla: Kuzning yomg'iri betakror, tengsiz, Seni taqdirimga joyladim, jonim. Balki hayot senga yaxshiroq mensiz, Menga esa sensiz yashamoq-o'lim!

GODzilla: Deydilar:insonni qayg'u yig'latar, Deydilar:insonni alam yig'latar. Qayg'u bilan alamni qilmang gunohkor Aslida insonni sog'inch yig'latar.

GODzilla: Sevgimni aytsam men senga, yorim Majnun cho'lda qolib ketadi. Gar kuylasam vaslingni, yorim Ozod yo'lda qolib ketadi!

GODzilla: Sevmang boylikni ,Sevmang chiroyni Seving haqiqiy , oddiy insonni .

GODzilla: Agar yigit sevib qolib Gar aytmasa so`zini Boshqa yigit sevib qolib Ilib ketar qizini

GODzilla: Sevgi nima sevgan biladi , Yurak azobini chekkan biladi , Qizlar sevsa o`ylab sevadi , Yigit sevsa tanlab sevadi .

GODzilla: Sevgi nima ? Muhabbat nima ? Sizni Sevsam ayibim nima ? ________________________ Sevgi uzi besh harf ,Besh qit'ani titiratar . Bazilarga baxt tilab , Bazilarni yig`latar .

GODzilla: Zuhro deb Tohir sandiqda oqdi , ******* dep Behzod aqldan ozdi . ______________________________________ Shirin dep Farhod to`glar oshadi , ******* dep Behzod sherlar yozadi . ________________________________________ Atir gulni gul disam , Atir gulga o'xshamas . Hamma qizni bir xil desam , ******* hech o`xshamas .

GODzilla: Stol ustida soatni Jiringlatib kim qo`ydi . Shunday chiroyli ismni ******* deb kim qo`ydi __________________________________________________ Muhabbat hukmiga ,Egilgan boshim ******* sen mening so`nmas quyoshim . __________________________________________________ Majnunning bu dunyoda Laylisi bor Farhodning bu dunyoda Shirini bor Tohirning bu chamanda Zuhrosi bor Behzodning bu qalbida ******* bor .

SHahinur: Qaysarligim bo‘ldi boshimga balo, Adashdim o‘zimdan o‘tibdi xato. Ketma deb yolvordim kelmadi sado, O‘rnini faryodga almashgan baxtim. Kechirgin qadringni bilmovdim avval, G‘aflatda ekanman azaldan-azal. Sevganing bormidi mendan ham afzal, Yotlarga mehrini ulashgan baxtim. Mudom bardoshimni sinaydi hijron, Yurak ham o‘zini aldaydi oson. Seni sog‘inganman. Sog‘indim ishon, Olis osmonlarga ilashgan baxtim. Sen kelsang tor dunyo asliga qaytar, Gullar izlarimdan orzuga yetar. Quvonchim o‘zini bag‘ringga otar, Chiroyli ko‘ngilga yarashgan baxtim. Qaysar yuragimga bardosh sepaman, Yolg‘ondan bo‘lsa ham umid yopaman. Men seni baribir izlab topaman, Orzular yo‘lida adashgan baxtim

SHahinur: Aytolmadim bu sirni oshkor, Avvalari pinhon tutardim. Rostin aytsam takror va takror, Faqat sizni, sizni kutardim.... Yulduzlardan sizni so’rardim! Qarolmasdim o’zgaga aslo. Sizdan jonim ayamasam ham, Ko’ngliz kimda bilmasdim ammo. Tong chog’ida essa shaboda, Faqat sizdan xabar so’rardim! Har bir qo’shiq har bir navoda, Siz-la suhbat qurgan bo’lardim... Kecha-kunduz qiynalsa-da jon, Sevgi bahtin qalban sezardim! Men sevgimni tutsamda pinhon, Ishoning...SIZNI! SIZNI SEVARDIM

hoosier: Uzr o'rtoqla, sevgidan mast ko'nglila oromini buzdim, lekin shu GODzillabek anu 7 ta *'ni o'rniga ismni yozseiz tiiiiiit deb o'qimimiz o'sha joyini, she'r ham chiroyli yangraydiiii

Смородина: Я желаю немного Любви , И мыслью о ней я живу .... Прошу тебя Бог помоги ... Я без Неё не могу ... Я попал в ее сети ... И выход найти не могу ... Но вместо сладостной неги ... Лишь боль в сердце держу ...

Смородина: Я так люблю твои глаза, Которые с любовью смотрят на меня! Твой нежный запах, рук тепло! Твою улыбку...всё моё! И я люблю тебя так... Как не любил никто!!!

hoosier: I'll be right there, if you ask me to If you're feeling sad, I'll stay with you And if you're scared, I'll hold your hand Like I know you'd do for me too....

Scarlett: Hayatta uc seyi sevdim; Seni, Kalbimi, umit etmeyi… Seni sevdim sensin diye, kalbimi sevdim seni sevdi diye, umit etmeyi sevdim belki seversin diye…

SHahinur: SHahzoda-Faqat sen(shu rosa yoqadide) Men negadir bilardim, Topaman deb seni baribir. Tushmi ungim, izlaganim, Seni uchratdim yolgizim. Men seni kup izladim, Sinovchi hayot yullarida. Men taqdirin men yuragin, Bulsaydim seni hayolin. Sen sen sen Faqat sen sen Men izlagan muhabbat, Qalbimdagi shirin hasrat. Faqat sen sen sen, Men orzu qilgan baht sen. Men izlagan doim tilagan, Muhabbat sen sen,faqat sen. Armonim bulmagin deya, Suradim seni hayotimdan. Menga dunyo sensan tanho, Sen tanimdagi jon. Har bir suzing nigohing, Senga zor yuragimga mador. Dil intizor sen deb bedor, To abad senga vafodor. Sen sen sen Faqat sen sen Men izlagan muhabbat, Qalbimdagi shirin hasrat. Faqat sen sen sen, Men orzu qilgan baht sen. Men izlagan doim tilagan, Muhabbat sen sen sen. Faqat faqat sen sen

MrExclusive: Hayol ichra Hayol. Mana sokin tun....ko'chada yolg'izman.....hayol sura boshliman..hayolan sani o'z yonimda tasavvur qilaman, sani nigohing, kulishlarin, go'zal jilmayishin..... ha hamma hammasini hayolan tasavvurim chegarasigacha yetaklab oboraman...Mana san yonimdasan..Sohil bo'yida sayr qilib yuribmiz .....Man birdan .sani qo'llarindan tutdimda.....har doimgidek shahlo ko'zlaringga termuldim...va hayolim ichra yana hayol suraman.....''bu ko'zlar naqadar go'zal.....bu ko'zlarda na g'azab na alam bor, quvonch, shafqat va mehrga to'la bu ko'zlar.....''- Mani hayol ichra surgan hayolim sani ko'zlarin ichra, suzib yurgandek va ko'zlaringni har bir nuqtasiga sifat bergandek guyo.....birdan san ko'zingni yumding...mani hayol ichra surgan hayolim misli bir kapalak kabi uchdi va ketdi...san nmalarnidir gapira boshladin....bu safar mani hayolim sani qimirlayotgan lablaringga tushdi.....va o'ylab qoldim....san oddiy insonmisan yoki farishtamisol ....sani lablaring mani sehrlab qo'ygandek edi guyo.....ular misoli Loladek qizil.....va misli g'unchadek go'zal edilar.......'' Mani sanga termulib o'tirganimi ko'rgan dengiz shabadasini birdaniga rash ki keldi shekilli, Mani hayolimi to'zg'itgani yetmaganidek sani uzun sochlarinida to'zg'itdi.....haa bu sochlar bu qora va mayin sochlar......sani sochlarin qoshing bilan shunaqangi uyg'unlashganki.....Buni tasvirlashga shoirnida o'tkir qalami botinolmidi......'' Ha Jonim Shabadani rashki uni misoli shamolga aylantirgandek guyo.......Hayol ichra surgan hayolimga shamol qattiq halaqit bera boshladi......keyin angladim.....u shamol hayolimdamas o'ngimda esayotgan ekan.....Shu on samoga qaradim.....Yulduzlar so'nayotgan va quyosh sekin asta o'z sahiy nurlarini yer yuziga sochayotgan edi....shu on tong otayotganini sezdim.....sekin asta Mashinalar o'ta boshladi......odamlar ham uyqudan tura boshlashdi........Mana bugungi sokin tun ham o'z nihoyasiga yetdi.......yana shovqin so'ron, tashvishli lekin Allohdan unumli bo'lishi so'ralgan kun mani kutmoqda..... PS Qaysidir saytdan oganidm.

Muhibul_Jannah: HEhhhhhhh

dilya: inson o'zi o'zgaga aylanganda, o'zgani o'ziga aylantira olganmda haqiqiy muhabbat egasi bo'la oladi. sevgi bu o'zga bir insonni baxtida o'z baxtini ko'ra olish demakdir man shunday deb o'ylayman har holda. Dil ozorim bilsangiz edi, Yonginamga yursangiz edi, Qaysar yuragimning o'rniga Bir zumgina ursangiz edi.­

shoira Rahimova : Куй, ахтарма бахтни йирокдан, У кузларинг тубида дилбар. Сени излагач сирли гулбогда, Фарёд чекар заъфарон барглар. Вужудингни камраган титрок, Сен кумсаган туйгудан эмас, Юрагингни остида кувнок- Бахт элчиси олябди

Дилноза: Севаман дебсиз Чин севги борми? Бирини севиб Бирини дебсиз Сиз йигитларда ор-номус борму? Дилноза!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

Дилноза:

ikbaljohn: Дилноза yozmoqda:



полная версия страницы