Форум » Sevgi chorrahasi » Sevgi satrlari... » Ответить

Sevgi satrlari...

missDiva: Sevara Nazarkhanning "Sevgi A'lam" qo'shig'ini yoqtiraman. :) Goh sharbat, goh og'u, Ko'hna g'amga ko'zgu, Navqiron sevgi bu, Qo'shiqlarda qayta yaraldim. Ham hijron, ham visol, Sen hayot, sen hayol, Bog'da bir gul misol, Erkam, kuy bo'lib men senga taraldim. Sevgi alam, yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam... yuragimga malham... Goh dunyo tor, goh keng, Borlik yo'qlikka teng. Sen yagonamsan eng erkam, Sevilganlar ichra tanhoman. Jon ham yondi zor-zor, Dosh bersang bas yurak. Oy quyoshdan darak, erkam, Tun ko'ksini yorgan ziyoman. Sevgi alam, yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. [x2] Sevgi alam yuragimga malham, Seni sog'indim jon erkam. Yo'l ham yolg'iz sen tomon, Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam. Saqlab uni so'ndirmay bir dam, Asrab bormoq armon. Sevgi alam...

Ответов - 50, стр: 1 2 3 4 All

perfect_GirL: Озорижон!!! Muhabbatning kaftlaridan gul teribman, Ko’zlarimda kavsardan suv keltiribman, Ketdingiz-a ishonchimni yerga tashlab Sizning uchun Arshdan tushib o’ltiribman. Xajr mayin ichganidan norozi jon, Uzr, sizni kechirmasam Ozorijon… Yonamanki shamollarning qo’li kuyar, Yuragimni totsa o’tning tili kuyar, Kofir bo’mang mendan tonib, qo’yingizda Yaratganning eng erkatoy quli kuyar. Umidlari uchganidan norozi jon, Uzr, sizni kechirmasam Ozorijon… Sog’inch ekan menga qismat, voy Hudoyim! Sevib topdim faqat xasrat, voy Hudoyim! Qarasangiz zirqiraydi nigohlarim Tiz cho’kishdan o’zing asra voy Hudoyim! G’urur qulfin yechganidan norozi jon Uzr, sizni kechirmasam Ozorijon…

Смородина: Снова плачу и страдаю, А на улице весна. Я наверно умираю, Потому что вновь одна. Я не вижу смысла в жизни И не знаю как мне быть. Знаю, что лишь после смерти Я смогу тебя забыть. Ты убил мои все чувства, Ты разрушил жизнь мою. А когда-то говорил мне: "Зайка, я тебя люблю!" Ты бросал слова напрасно, Ты играл, а я ждала. Ты вернешься - это ясно, Но уже я умерла. Ты вернешься слишком поздно, Может будешь ты страдать. И поймешь - свою девчонку Ты заставил умирать. "Умерла! Прощай, любимый! Я любила! Я ждала! Все убил ты, мой красивый! Будь же счастлив! - Я УШЛА..."

missDiva: :(


hoosier: Smorodina, bunaqa she'rlar yozmen! sevgi satrlari, ayriliq emassss

hoosier: Yasatib qo'yibdi senga bir dunyo, Orziqib kutadi bugun yuragim. Mening yuragimga kelgil, marhabo, Mening yuragimga kelgil, malagim. Muhabbat baxtini topadi unda, Kelgil, afsonalar aytmoqda bog'lar, Aziz boshing uzra yaltirab kunda Oltinga aylanar kuychi yaproqlar. Mehribon yellarning qanotlarida, Qani, yur, boraylik lola tergali. G'aroyib gullarim bordir narida, Gulim, ko'rmagansan umringda hali. Qaragil, naqadar tiniqdir osmon, Uning huzuriga yurgil, boraylik. U yerga qaro tun yo'lamas aslo, Bulutlar qayg'udan ketmas qorayib. Qani, qo'llaringni qo'limga qo'y-chi, Mening yuragimga ketaylik birga. Sira ham u yerdan ketmaylik ko'chib, Achchiq tajribalar ortib taqdirga.. Rauf Parfi

Смородина: hoosier пишет: Smorodina, bunaqa she'rlar yozmen! sevgi satrlari, ayriliq emassss Севгида айрилик хам булади)) Бу айрилик хкида ёзилмаган бу кизни севгиси хакида ёзилган шеър)) Кузлариззи коооотттта-коооттта киб очиб укин))

hoosier: Seni hech kim sevolmaydi meningdek: Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol, Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol, Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!.. Aldanma yor, aldamchilar makriga, Malak bo`lma bevafo ishq shahriga, Ular seni bir bossa bas bag`riga, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Yo`ling kesib o`tsam - o`zim hijolat, Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat, Bir nigohing o`zi menga inoyat, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman, Yoningga bir kelmayman-u, sevaman, Ismingni ham bilmayman-u, sevaman, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari, Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari. Muhammadning ko`nglidagi dilbari, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Muhammad Yusuf

gayrat17: MENI DOIM ESLAB YUR Oh, azoblaring dilim tilar, sen bilmading, Kulay desam, ko‘zim yig‘lar, sen bilmading, Eslamadi bir bor dema, go‘zalginam, Eslaganim xudo bilar, sen bilmading. Eh, nima qilay bir dalliyu devonaman, Oyog‘ingda xor etganing – ostonaman, Dilimda sen, lekin senga begonaman, Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading. Egilib mag‘rur qaddim, Otdan tushsa omadim, Unutma muhabbatim, Meni doim eslab yur. Xushroq edi ko‘nglimiz, Gulbog‘ edi ko‘nglimiz Begonamiz endi biz, Meni doim eslab yur. Baxtni olisdan kutdim, Orzularga gul tutdim, Goho seni unutdim, Meni doim eslab yur. Sevdim gul yuzni degan Dilga jabr ko‘p ekan, Chap ko‘ksim to‘la tikan, Meni doim eslab yur. Ko‘nglim kuz, o‘zim xazon Ishq uvol, tole yolg‘on, Ko‘rishmasak qadrdon, Meni doim eslab yur.

adiba: sevgini qildim xavas sevgiga yetguncha boldi sevolmayman bas yuragimni tirnadi buncha...

Bobosh: adiba пишет: sevgini qildim xavas sevgiga yetguncha boldi sevolmayman bas yuragimni tirnadi buncha. Sevgini qilmang xavas sevgiga etolmaysiz etgangan taqdiringizda mahkam qucholmaysiz (O'tkuriy)

GODzilla: Ayt, meni hijroning bag'riga tashlab, Qaylarda yuribsan beg'am, bearmon? Ayt, seni sog'insam kimlardan so'ray, Kimlarga ohimni etayin bayon???

GODzilla: Kuzning yomg'iri betakror, tengsiz, Seni taqdirimga joyladim, jonim. Balki hayot senga yaxshiroq mensiz, Menga esa sensiz yashamoq-o'lim!

GODzilla: Deydilar:insonni qayg'u yig'latar, Deydilar:insonni alam yig'latar. Qayg'u bilan alamni qilmang gunohkor Aslida insonni sog'inch yig'latar.

GODzilla: Sevgimni aytsam men senga, yorim Majnun cho'lda qolib ketadi. Gar kuylasam vaslingni, yorim Ozod yo'lda qolib ketadi!

GODzilla: Sevmang boylikni ,Sevmang chiroyni Seving haqiqiy , oddiy insonni .



полная версия страницы