Форум » Hayot » Hayot haqiqati » Ответить

Hayot haqiqati

Casual: Biz o'lim ustidan kulamiz va dorixonadan kilolab dorilar sotib olamiz; Bizga ommani fikri farqi yo'q, va biz doimo "ko'rinishim qanday?" deb so'raymiz; Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz; Biz uyimiz - qo'rg'onimiz deb hisoblaymiz, va kechalari uni biz bilan portillatib yuborishlaridan qo'rqamiz; Biz mutlaqo hotirjamligimizga iqrormiz va qo'limizni navbatdagi sigaretga uzatamiz; Biz odamlarni hayratda qoldiramiz va "sevaman" deyishga qo'rqamiz; Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz; Biz bugungi kun bilan yashaymiz va ertangiga rejalar tuzamiz; Biz printsipdan yangiliklarni televizordan ko'rmaymiz va ularni internetdan o'qiymiz; Biz juda ko'p o'zimizni tanqid qilamiz va faqat o'zimizni yaxshi ko'ramiz. Biz hukumatimizni yomon ko'ramiz va mamnunlik bilan mustaqillik kunini nishonlaymiz; Biz o'zimizga hamma hatolarni kechiramiz va ularni qaytarganlarga yomon ko'z bilan qaraymiz; Biz ideal odamlar mavjudligiga ishonmaymiz va har kuni omma ichidan o'zimizni idealimizni qidiramiz; Bizni metrodagi ertalabki tiqilinchdan ko'nglimiz ozadi, va biz har kuni platformada sabr qilib poyezd kutamiz; Biz nima eshitishni o'zimiz tanlaymiz, va ko'chada ixtiyorsiz qandaydir "fabrikaga" jo'r bo'lamiz; Biz har doim o'ylaganimizni gapiramiz va chin dildan tabassum qilishni deyarli unutdik; Biz odamlar bizni qanday bo'lsak shundayligizmizcha qabul qilishlarini hohlaymiz, va soatlab ko'zgu oldida aylanamiz; Biz dono gaplarni yaxshi ko'ramiz va o'zimizni o'zimiz tushunmaymiz; Bizni bir to'da ochilmagan iste'dodlarimiz bor, va biz ular ochilishi uchun hech narsa qilmaymiz; Biz tug'ilgan kunlarni yomon ko'ramiz va har doim ularni nishonlaymiz; Biz tushlikkacha uhlashni sevamiz va budilnikni ertalabki soat 6-ga to'g'rilaymiz; Biz har doim hohlagan narsamizga erishamiz va hech kimga kerakmas bo'lib qolishga qo'rqamiz; Biz shaxsiy kundaliklar tutamiz, va ular o'qilishini hohlaymiz; Qanotlarni yozib shu hammasidan shamol bilan uchib ketish mumkin. Lekin bizda qanotlar yo'q. Chunki biz ularga loyiq emasmiz. (c)boshqa forum

Ответов - 30, стр: 1 2 All

hoosier: ko'p punktlar bilan rozimasman. Lekin mana bu to'ppa-to'g'ri... "Biz tushlikkacha uhlashni sevamiz va budilnikni ertalabki soat 6-ga to'g'rilaymiz"

TragedyWriter: куплари тугри ! Зур ёзилган..

Muhibul_Jannah: KO'p Fikrla to'riiiiiii LEkin noto'rilariyam borrrrrr


Смородина: Biz odamlar bizni qanday bo'lsak shundayligizmizcha qabul qilishlarini hohlaymiz, va soatlab ko'zgu oldida aylanamiz; Bizni bir to'da ochilmagan iste'dodlarimiz bor, va biz ular ochilishi uchun hech narsa qilmaymiz; Ажойиб ёзилган шу томондан)) куплари манга тугри кемийди))

MrExclusive: Noto'g'rilari judayam ko'p, albatta manichun.. balki boshqalar uchun to'g'ridir.:)

Casual: Kimgadir noto'gri bo'lgani boshqasiga to'ppa-to'g'ri keladi. Va aksincha. Paradoks, nima ham derdik.

MrExclusive: Casual, to'g'ri etas.Man uchun faqat 4 ta punkt to'g'ri kelarkan holos

missDiva: 2tasi to'g'ri keldi...

Muhibul_Jannah: Manga Hich qaysini to'ri kemadiyeeeeeee Odammanmi o'zi?

hoosier: Hayot haqiqati shuki, biz har kuni qanaqadir mayda chuydalar uchun jon kuydiramiz, qandaydir muammolar uchun siqilamiz, ishimiz yurishmaganidan asabiylashamiz, o'zimizni loser his qilamiz, lekin ularning hammasi buyuk o'ylar, buyuk maqsadlar, hayot mazmuni, inson qadr qiymati, ruhiy-ma'naviy kechinmalar, borliq haqidagi o'ylar oldida hech narsa, hech narsa emas. Hamma narsaga tor doirada emas, nafs, xirs, qisqa maqsadlardan kelib chiqib emas, hayotda kimgadir yaxshi, aqlli, tadbirkor, uddaburon, chempion sifatida kurinish uchun emas, balki usha buyuk maqsad, oylardan kelib chiqib yondashing

perfect_GirL: Waw...zor ekan, qoyil... Kim yozgan shuniyam yozib otsez bolardi... Bir kuni bir shaharda suv toshibdi. Hamma qochibdi lekin bir kishi xicham qochmabdi. U tommi tepasiga chiqib olibdi. Oldiga bitta qayiq kelib - Xoy qayiqqa chiq chokib ketasanu - Yoq man Allohga juda kop toat ibodatta boganman dibdi. - Xoy qayiqqa chiq suv tizzengacha bob ketibdiku. - Yoq man Allohga juda kop toat ibodatta boganman dibdi. Keyin suv too uni tomogigacha kotarilibdi. - Xoy qayiqqa chiq vay chokib ketasannn.... - Yoq man Allohga juda kop toat ...... dib ulgurmasdan chokib ketibdi. Keyin Alloh huzuriga borib - Ey Allohim man sanga shuncha toatta boldim nimaga yordam bermadin disa... Alloh- Man sanga biramas 3 ta qayiq jonattim. Insof bilande dibdi... "O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar)"

perfect_GirL: Inson boylikka toyadi... - Inson mehnatga toyadi... - Inson farzandga toyadi... - Inson xotinlarga toyadi... - Inson boringki (astag'firulloh) xayotga ham toyadi... Lekinnnn qancha yillar otishidan qatiy nazar Inson bir narsaga hech toymasakan bu - MEHR !!!

MrExclusive: Hoosier, bro juda to'g'ri yozibsiz...siqilish,ish yurishmasa loserde his qilish, asabiylashish to'g'risida....lekin shu siqilish , loser de his qilishlar hayot mazmuni uchun, o'z qadr qiymatimiz uchun va buyuk maqsadlarimiz uchun bo'midimi...o'sha borliq haqidagi o'ylar uchun siqilmimizmi? Manimcha hayotda egoism degan narsa yo'q.....hamma kim uchundir harakat qiladi, kim uchundir siqiladi.....hech kim o'zi uchun harakat qimagan......o'zi uchun siqilmagan... Perfect girl li gaplariga qo'shilaman, odam hamma narsaga to'yadi lekin Mehrga to'ymidi...odam boylikkayam to'yadi....

Casual: Waw...zor ekan, qoyil... Kim yozgan shuniyam yozib otsez bolardi... Бундай нарсалар форумдан форумга копи килиниб юрвурилади. Автор ноаник.

perfect_GirL: --- exxx essiz. Jalka. Bilganimda usha odammi kitobini sotvolardim. Kutubxonamda yana bitta kitob changib yotardi



полная версия страницы