Форум » Hayot » Hayot haqiqati » Ответить

Hayot haqiqati

Casual: Biz o'lim ustidan kulamiz va dorixonadan kilolab dorilar sotib olamiz; Bizga ommani fikri farqi yo'q, va biz doimo "ko'rinishim qanday?" deb so'raymiz; Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz; Biz uyimiz - qo'rg'onimiz deb hisoblaymiz, va kechalari uni biz bilan portillatib yuborishlaridan qo'rqamiz; Biz mutlaqo hotirjamligimizga iqrormiz va qo'limizni navbatdagi sigaretga uzatamiz; Biz odamlarni hayratda qoldiramiz va "sevaman" deyishga qo'rqamiz; Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz; Biz bugungi kun bilan yashaymiz va ertangiga rejalar tuzamiz; Biz printsipdan yangiliklarni televizordan ko'rmaymiz va ularni internetdan o'qiymiz; Biz juda ko'p o'zimizni tanqid qilamiz va faqat o'zimizni yaxshi ko'ramiz. Biz hukumatimizni yomon ko'ramiz va mamnunlik bilan mustaqillik kunini nishonlaymiz; Biz o'zimizga hamma hatolarni kechiramiz va ularni qaytarganlarga yomon ko'z bilan qaraymiz; Biz ideal odamlar mavjudligiga ishonmaymiz va har kuni omma ichidan o'zimizni idealimizni qidiramiz; Bizni metrodagi ertalabki tiqilinchdan ko'nglimiz ozadi, va biz har kuni platformada sabr qilib poyezd kutamiz; Biz nima eshitishni o'zimiz tanlaymiz, va ko'chada ixtiyorsiz qandaydir "fabrikaga" jo'r bo'lamiz; Biz har doim o'ylaganimizni gapiramiz va chin dildan tabassum qilishni deyarli unutdik; Biz odamlar bizni qanday bo'lsak shundayligizmizcha qabul qilishlarini hohlaymiz, va soatlab ko'zgu oldida aylanamiz; Biz dono gaplarni yaxshi ko'ramiz va o'zimizni o'zimiz tushunmaymiz; Bizni bir to'da ochilmagan iste'dodlarimiz bor, va biz ular ochilishi uchun hech narsa qilmaymiz; Biz tug'ilgan kunlarni yomon ko'ramiz va har doim ularni nishonlaymiz; Biz tushlikkacha uhlashni sevamiz va budilnikni ertalabki soat 6-ga to'g'rilaymiz; Biz har doim hohlagan narsamizga erishamiz va hech kimga kerakmas bo'lib qolishga qo'rqamiz; Biz shaxsiy kundaliklar tutamiz, va ular o'qilishini hohlaymiz; Qanotlarni yozib shu hammasidan shamol bilan uchib ketish mumkin. Lekin bizda qanotlar yo'q. Chunki biz ularga loyiq emasmiz. (c)boshqa forum

Ответов - 30, стр: 1 2 All

Muhibul_Jannah: To'ppa to'ri Perfect girl Odam mehrga to'ymiydiiiiiiiiiii bu gapizga 100% qo'shilaman

gayrat17: budilnik haqidagisi menga rosa tushar ekanda.

perfect_GirL: Daaa aynan xozirda Mehr tanqisligi sindromi kuzatilmoqda Jannat_Sevuvchi..xe xe kimam sevmasakan u yerni


ikbaljohn: Casual пишет: biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz; Uxti....

Смородина: Хех)) бумаган гап ман севгига ишонаман)) севги буган и булади)) факатгина одам бир-бирини тушуниш кере)) ушанда кечалари ёстикни хул кимаймиз))

Muhibul_Jannah: Aha Smorodina boshidan o'tmaguncha odam sevgiga ishonmidde P.S Casualliyam bir kun boshidan o'tib qolarrr HUdo holasa

Смородина: Muhibul_Jannah пишет: Aha Smorodina boshidan o'tmaguncha odam sevgiga ishonmidde Албатта)) Севиш яхши, севмаслик ундан хам яхши)) Но ман уйлайман ман севмасдан яшай олмасдим)) Доим мани авайлаб-асрайдиган, мани тушунадиган, ма учун хамма тарсага тайёр одам борлиги, кийналсам мани кунглимни кутарадиган суянган одамим борлиги )) канака яхши)) Лекин севган одамга ишониш хам керак)

Muhibul_Jannah: Sevish, yonizda sevgan kishiz bo'sa yahshiiii Lekin u bilan oila quromasez yomondeeeeeeee

perfect_GirL: Ayol kuchlimi Erkakmi??? - Ayol kuchli, chunki ayol kuchiga qirq tuyaning yuki teng kelar ekan. Erkak kuchlimi? Ayolmi??? - Erkak kuchli, chunki qirq tuyaning yukini orqalab chopqillab ketaveradi.

Mulatka: Hayot haqiqati shundaki, biz har doimam oldimizda oqqan daryoni qadriga yetmimiz...

SHahinur: Casual пишет: Biz odamlarga ishonmaymiz, va haftasiga kamida bir marta kimgadir hasratimizni ochamiz; biz sevgiga ishonmaymiz, va kechalari yostiqqa yig'laymiz Casual пишет: Biz yolg'izlikni yaxshi ko'ramiz va qo'limizda telefonni qattiq siqib yuramiz; Shu ikkilovi togri yozilganakandi,faqat biz odamlaga ishonmimiza digani sal notugri man uchun,chunki man hammaga ishonvuraman qolganlariga gap yoq,judayam togri.

perfect_GirL: INSON VA SHAYTON!!! -Bazilarga xayron qolasiz. Qilg'ilikni qilib qoyadida, "bilmay qoldim, shayton yo'ldan urdi", deydi...Tog'ri odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi - bor gap. Ammo...Shunaqangi erkaklar borki, qirqta urg'ochi shaytonni bolalatib tashlaydi. Shunaqangi ayollar borki, qirqta erkak shaytonni aliment to'laydigan qilib qo'yadi... Hamma aybni shayton sho'rlikka to'nkayvermang! O'. Hoshimov. "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" :)))

perfect_GirL: Bozor iqtisodiyotiyoti (o'ziyam 25minutcha yozdikdeee) Kecha kolhozda ketmon chopib, biri ikki bo'magan dehqon butun yer olib bola-chaqasi b-n gullatib qoysayu qadini kerib yursa quvonaman. Omadini bersin!Bu bozor iqtisodi Kecha zavoddan olgan maoshini qay biriga etkazishini bilmay rangi sarg'ayib yurgan injener bugun qoshma korxona ochsayu, nest-nobud bolib yotgan mevalar - dan sharbat olib boyib ketsa , yana quvonaman. Qandini ursin! Bu bozor iqtisodi Kecha katalakdek xonaga tiqilib eskilik sarqiti beshik va sandiq yasagani uchun nalugchidan baloga qolib yurgan xunarmand bugun kattakon Sex ochsayu, rohatini korsa tagin bir bor quvonaman. Baraka topsin. Bu ham bozor iqtisodi Kecha alifni kaltak deyolmay oqituvchisidan dakki eshitgan va oxir-oqibat xudosizlar jamiyatida qonim topgan notavon bola bugun biznesmen bolsayu, bugun xususiy samolyot sotib olsa hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi Kecha buyuk ixtirolar qilgan olimning istedodli shogirdi bugun ilmni tashlab, tadbirkorga aylansayu popkasiga delavoy shartnoma solib zipillab yursa hayron qolmayman. Bu bozor iqtisodi Kecha yurak qoni bilan doston yozgan shoir bugun osha dostoniga qalam haqqi olsayu puli mashinka haqqiga yetmasa hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi. Kecha unvon olish uchun yugura-yugura betob bolib qolgan chalasavod xofiz bugun otarma-otar yursa Yaguar mashinasida kataysa qilsa hayron qolmayman. Bu bozor iqtisodi Kecha bitta rostga mingta yolgon qoshmasa kuni otmagan eshak bozorining dalloli bugun zamonaviy brokerga aylansayu 3 qavatli dacha solsa hayron qolmayman, ammo kecha alifni kaltak deyolmagan ateist bugun ming kishini toplab Amri maruf qilsayu unga dashnom bergan oЎ¦qituvchisi choy tashib yursa hayratlanmayman, ilojim yoq! Osha oqituvchi ertasiga maktabni tashlasayu, Ipodromga chiqib sigaret sotsa hayratlanmayman, ilojim yoq! Kecha buyuk ixtirolar qilgan olim bugun eng yaxshi shogirdidan ayrilgani uchun mayuslanib betada tursayu kontrakt bilan oqishga kirgan 1-kurs talabasi Inomarkasida loy sachratib otsa, olim esa shu ahvolda tramvayga chiqishdan iymanib uyga piyoda ketsa hayratlanmay ilojim yoq! Zamonaviy broker 3 qavatli dachasini yuvib toy qisa, chalasavod otarchi 1soat xizmat qilgani uchun boshidan dasta-dasta kokidan sochsalar Davraning bir burchida qimtinib otirgan shoir esa kitobiga arzimas qalam haqqi olgani yetmaganidey, davraning guli bolib sayrayotgan chalamulla xofiz uning yurak qoni bilan bitilgan gazallarini tuproqqa qorishtirayotganidan kongli chil-chil bolib iztixomdan bosh egib chiqib ketsa, hayratlanmay ilojim yoq! Osha davraning tagin bir burchida shu otarchini bir tiyin tamasiz davolagan doxtir ham otirgan bosayu, otarchi nogahon unga kozi tushib qolib, iya, sizam shu yerdamisiz, doxtir deb askiya boshlab olikdan kafanlik tilaganim bolsin! deb qasam ichsa Xayratlanmay ilojim yoq! Bunaqa bozorga ot tushib, alangasi osmonga chiqsin! O'. Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

begi_la: Gap yo molodtsa

"khAn": agar o'zin hohlagan narsaga erishalmasen, erishaladigan narsangni hohlashdi o'rgan " khAn"



полная версия страницы