Ôîðóì » Din » Nega yashayapmiz? » Îòâåòèòü

Nega yashayapmiz?

milanelly: Ushbu savolni ko'targanim sizlarni hayron qoldirayotgandir.Bilasizmi, ba'zan shunday vaziyatlar bo'ladiki, o'zingni qayerga qo'yishni bilmay qo'yasan.Shunda beixtiyor nega tug'ildim ekan-a degan savol miyaga kelib qoladi.Sizlarga savolim:siz nega yashayapsiz?Bu din bo'yicha yuborayotgan birinchi savolim.Hali sizlar bilan fikrlashadsigan savollarim judayam ko'p.

Îòâåòîâ - 13

Moona: Maqsadsiz ish yo'q. (ibodatga bo'yin bermayotgan inimga) Og'zimiz sut- qatiqqa etib turadi, deb boqayotgan sigiring sut bermasa, bola qilmasa, unday sigirning senga keragi yo'q, olib borib qassobga topshirasan+ Hosilidan eyman, ortganini bozorda sotaman, deb ekkan ko'chating meva tugmasa, uni chopib tandirga o'tin qilasan+ Qazigan qudug'ingdan suv chiqmasa, ko'mib tashlaysan, suvsiz quduqning kimga keragi bor, boshqasini qazisan+ Yashash falsafasi shunday, har bir narsa, har bir ishning ortida ko'zlangan maqsad bor. Maqsadingga etkaza olmagan narsalardan voz kechasan. Shunday ekan, o'zingga ham bir qara, inim, qaysi maqsad ila dunyoga kelganingni, Parvardigoring seni nima deb yaratganini bir jiddiy fikr qil. Alloh taoloning Qur'oni karimda: "Jinlar va insonlarni faqat o'zimgagina ibodat qilishlari uchun yaratdim" (Zoriyot surasi, 56 - oyat), deganini esla! Inim, birodarim, Alloh ibodat qilmagan bandasining bahridan o'tmasdan oldin harakatingni qilib qol, axir U seni bekorga yaratgan emas, kitobini shunchaki indirgani, payg'ambarini havasga yuborgani yo'q. Barchasini ortida buyuk maqsad bor. Unutma! Abdug'afur Iskandar "Musulmonlar taqvim kitobi" dan olindi

Muhibul_Jannah: Allah taolo unga o'z jonini sug'urishni buyuradi,farishta jannatni va do'zax oraligi'idagi joyga kelib, o'z jonini o'zi sug'uradi va shunday qichqiradiki, agar mahluqot tirik bo'lganda uninn ovozidan o'lib qolar edilar. Shu vatda farishta aytadiki: "Agar jonni olish shunchalik qattiq va achchiqligini bilganimda, mo'minlarning jonini olishda shfqat qilar edim", deydi va o'ladi Shundan so'ng Allah taolo zaif-noqis dunyoga aytadiki: "Qani podshohlar? Qani shahzodalar? Qani zolimlar? Qani zolimlarning o'g'illari? Mening ne'matlarimni eb, Mendan boshqaga ibodat qilganlar qnai?" Keyin aytadiki: "Bugun mulk kimniki endi?" hech kim javob bermaydi, shunda Allah taolo o'zi javob berib : "Yolg'iz Qahhor bo'lmish(Qahr qiluvchi) Allohnikidir"

missDiva: Nega yashayapmiz? Qiziq... Bir vaqtlar men ham shunday savol berardim o'zimga nogoh... Javob qidirishga tushdim... Topdim... Mukammallashtirishga harakat qilayapman. Hayot yo'li - Din. Alloh s.w.t bizni sinash uchun yaratgan. Mana shu qisqacha javob. Vaqtdan unumli foydalaning.


Muhibul_Jannah: NImagayam Yashirdikkk Eh bu foniy dunyo shunchaliyam jimjimador bo'ladimi aaaa!!!! Jannatga tushish Uni hidlarini hidlash undagi hurlar bilan birga bo'lish Oson ishamasssss. Ilohim Alloh hammamizni qalblarimizni Iymon nurlari bilan to'lg'izsin! Barchalarimizzi JAnnatlaga dohil qisin! O'zini soyasidan o'zga soya bo'miydigan kunda barchalarimizni yolg'iz allohning soyasidan bahramand bo'lishimizni nasib qisin P.S nimagayam yashirdik biz hozi bu dunyoda sinalvommizdeeeeee

missDiva: Qadrli Muhibul_Jannah, sizning "Eh bu foniy dunyo shunchaliyam jimjimador bo'ladimi aaaa!!!! " degan fikringizga qo'shilaman. O'zimga shu gapni ko'p aytaman. Albatta nafs va shayton vasvasalarini yutish oson ish emas...

perfect_GirL: Bir kishidan eshitgandim "San Jannatga tushish yolini emas, Do'zoxdan qochish yolini izla" deb ortogiga gapirayotgandi. Bu oddiygina bitta oyoq kiyim tuzatadigan kishining sozlari edi. "Dunyoga kelding, bozorga bording, kafanlik olding, dunyodan ketting" Xamma bar-bir o'ladi, shu faktni xamma chunadi biladi. Lekin juda xotirjam yuraveradi. Buyuk bir olim etgnadi "Bu dunyo chidaganniki, xayotga keldingmi yasha. Qiynalvossanmi chida endi chidashga majbursan"...Bu chidash, sabr va sinov yolidir.... Inshaolloh hammamiz Allohning suygan bandalaridan bo'lish nasib etsin... Iroda

missDiva: ...chelovek - uhodit - iz jizni, kak vyhodyat iz tramvaya: na ego uhod obrashayut vnimanie te, kogo on tolknul ili komu ustupil mesto. V. Vysockiy.

Muhibul_Jannah: Ilohim alloh barchalarimizzi Jannatladayam birga qisinnnn Jannatladayam Forumlani gullatib o'tiriylikkk Insha'allah

ikbaljohn: Bu dunyo sinovdir va albatta oxirat kunida bu dunyoda qilgan savob va gunoxlarimiz uchun ajrimizni olamiz.Barchamizni do'zax o'tidan uzoq qilishligini so'rayman.

Muhibul_Jannah: Ameenn

denn: Aglati mavzu, nega yahsayapmiz, javob bilmayman ozim aytganday vallohu alam

Moona: Nima uchun yashayapmiz? Bu savol ko’p marta beriladi. Savolga javob berishda esa avvalo e’tiborimizni o’z yaratilishimizga, fitratimizga qarataylik. Jonzotlar orasida mukarram qilinganimizni va boshqa hamma narsa bizga xizmat etishini o’ylab ko’raylik. Aqlimizni ishga solib, kichkina bir koinot bo’lgan o’z olamimizga sinchkov nazar bilan boqaylik. Ana shular haqida fikr yuritar ekanmiz, o’zimizning nima uchun yashayotganimizni, nima uchun yaratilganimizni biroz bo’lsa-da, anglagandek bo’lamiz. O’zining koinotni yaratgan buyuk qudrat sohibi Allohning quli ekanini anglab yetgan har bir inson nima uchun yashayotganini va oxir-oqibat qaerga, kimning huzuriga borishini ham tushunib oladi. Mana shuni anglash insonning ichki dunyosida inqilob yasaydi va u o’zini o’zi so’roq qila boshlaydi. Gunohlardan poklanishga intiladi. Zero, ibodatlarimizdan asl maqsad ham shudir. Bandalariga mehribon bo’lgan Alloh taolo oldidagi burchimizni bajarish uchun yashashimiz darkor. Bu hayot bizga sinov uchun berilgan. Bu sinovdan yaxshi baho ila o’tishimiz uchun o’zimiz harakat qilishimiz va nafsimizga qarshi kurashishimiz darkor. Vaqt borligida buyuk imtihonga tayyorgarlik ko’rishimiz kerak. Har bir kunimiz, soniyamiz g’animat. Chunki hech birimizga qancha yashashimiz haqida aniq bir so’z aytilmagan! O’lim haq! Vaqt borligida ulgurib qolishimiz kerak!

Kamina: Alloh odamzotni yaratishni hohlapti! Nimayam qilardik! Bu dunyoda yaxshilik va Alloh uchun yashashga dunyoga keganmiz!



ïîëíàÿ âåðñèÿ ñòðàíèöû