Ôîðóì » Din » Latif so'zlar » Îòâåòèòü

Latif so'zlar

Moona: Uch kishi uch narsa bilan bilinadi: G azabi kelganda o zini tuta olgan kishi haqiqatda halim kishidir. Urushda jasurlik ko rsatgan odam rostdan jasurdir. Muhtoj bo lganda yordamga kelgan do st haqiqiy do stdir. Arabchadan Tolibjon Nizom tarjimasi Musulmonlar taqvim kitobi dan olindi

Îòâåòîâ - 40, ñòð: 1 2 3 All

Moona: Duinyoning g ami qalbga zulmat. Oxiratning g ami qalbga nurdir. Usmon (r.a) Ilmning avvali sukut, so ng eshitish, so ng yod olish, so ng amal qilish, so ng uni tarqatishdir. Imom G azzoliy.

Moona: Bir ish ikkinchisini taqazo etadi: Nafsini jilovlagan odam foyda ko radi, jilovlamagan pushaymon bo ladi. Oqibatini o ylab ish ko rgan panoh topadi, havoi nafsiga ergashgan adashadi. Qo pol odam nadomatda qoladi, sabr etgan boy bo ladi. Qo rqqan banda mag firat qilinadi, ahamiyat bergan kishi ko radi, o ylagan odam albatta biladi. Arabchadan Tolibjon Nizom tarjimasi Musulmonlar taqvim kitobi dan olindi

Moona: G aflat - oxiratda hasrat. O nta ish kishining g aflatda ekaniga dalolat qiladi: 1) faqat o zi uchun duo qilib, payg ambarlar, ota onasi va boshqa musulmonlarning haqqiga duo qilishni unutish; 2) Qur oni karimni o qishni bilgani holda, har kuni undan qiroat qilmaslik; 3) masjidga kirganda loqal ikki rak at namoz o qimaslik; 4) qabristondan o tayotib, qabr ahliga salom bermaslik; 5) jamoat namozini uzrsiz tark etish; 6) bir olimni uchratib, ilmidan foydalanmaslik; 7) taklif etilgan joyga bormaslik; 8) bir kishi bilan hamroh bo lib, ismini so ramay ajralish; 9) yoshlik yillarini bekor o tqazish; 10) o zi to q bo lib, qo shnisining och ekanini bilsa ham, unga yordam bermaslik. Himmatulloh tayyorladi Musulmonlar taqvim kitobi dan olindi


Moona: Alisher Navoiy hikmatlari Kimki o zining nazarida xor ko rinsa, Alloh taolo uning darajasini baland qiladi va kimki o ziga o zi ulug ko rinsa, Alloh taolo uni bandalarining nazarida hor qilib ko rsatadi. Kimki salafi solihiylarning siyratiga nazar solsa, o zining kamchiliklarini ko radi va odamlardan orqada qolganini anglaydi. Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo ladi. Kimki nafsini shahvatdan, ko zini haromlarga boqishdan saqlasa, botinini doimiy murohaba bilan ta mir qilsa va zohirini sunnatbilan bezasa, uning farosati xato qilmaydi. Alloh taolo bandasiga so ramagan narsasini bersayu, u rad qilsa, Alloh bandani rad etganiga monand boshqa bir narsaga muhtoj etib, uni tilovchi qilib qo yadi. Barcha yahshiliklar uyning ichkarisida, uning kaliti tavoze dir. Barcha yomonliklar ham uyning ichkarisida, uning kaliti esa takabburlikdir. Akrom Dehqon tayyorladi Musulmonlar taqvim kitobi dan olindi

Moona: Mo min odam gunohlarini qulay qulay deb turgan ulkan tog dek, o zini esa shu tog bosib qoladigan kishidek tasavvur qiladi. Fojir odam gunohlarini burni ustiga qo ngan va qo li bilan bunday qilsa (ya ni, haydasa), yana uchib ketadigan pashshadek ko radi. Abdullox ibn Mas ud

Moona: Hazrati Umar (r.a.) deydilarki: Men qancha do stlarni ko rdim, lekin tilni saqlashdan afzalroq do st ko rmadim. Qancha qancha liboslarni ko rdim, lekin taqvo libosidan afzal libos ko rmadim. Ne ne mollarni ko rdim, lekin qanoatdan afzal molni ko rmadim. Qancha yaxshiliklarni ko rdim, lekin nasihatdan afzalroq yaxshilikni ko rmadim. Qanchadan qancha taomlarni ko rdim, lekin sabrdan lazzatliroq taomni ko rmadim . Xutobul - minbariya (Minbar hutbalari) kitobidan Abduqayum Hikmat tarjimasi Musulmonlar taqvim kitobi dan olindi

missDiva: Goh xasta dilni yod qilmoq kerak, Ko'ngilni xudo uchun shod qilmoq kerak. Mavlono Hamididdin, "Majolisun Nafois"dan.

missDiva: Tilingni saqla, boshing salomat bo'ladi, o'rinsiz so'zlamoqning natijasi pushaymonlikdir. "Kalila va Dimna"dan

missDiva: Alloh Taologa do'stroq banda ul kishidirki, boshini sajdaga qo'yib aytadurki:"Robbi:inni:zalamtu nafsi:fag'firli:foinnahu:la yag'firuz-zunu:ba illa anta" Muhammad Alayhissalomning vasiyatlari

Muhibul_Jannah: Noxush xabarni chin bo’lsa ham do’stingga yetkazma; birovdan ayb ko’rsang yuziga solma. Qo’yaver, o’sha chin xabarni dushman yetkazsin va sen sabr qil, u ayb mojarosini dushmani qilsin. Aqlli odam yolg’on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to’g’ri emas. Birovning ko’zi g’ilay — nogirondir; ammo, bunga u aybdor emasdir... Birovni nohaq hijolatga solmoq — o’z nodonligini izhor qilmoq va bir ko’ngilni og’ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so’zdan ko’ra zarurat yuzasidan — o’rni bilan gapirilgan yolg’on yaxshiroqdir. Mahbub ul Qulubdan

Moona: Kasb aldab qo’ymasin. Kim kasbi chroyli va pok bo’lishini xohlasa, beshta ishdan saqlansin: 1. Kasbi sababidan Allohning farzlaridan birontasini kamaytirmasin, qisqartirmasin ham. 2. Kasbi sababidan Allohning mahluqlaridan birontasiga aziyat etkazmasin. 3. Kasbi orqali o’zining va oilasining iffatini qasd etsin, mol to’plash va ko’paytirishni emas. 4. Kasbga qattiq jahd qilmasin. 5. Rizqini kasbidan emas, Allohdan deb bilsin, kasbini esa sabab ko’rsin. Abu Lays Samarqandiy.

Moona: Dunyo – mo’minlarning bozori: kecha va kunduz – sarmoyalari, go’zal amallar – tijorat mollari, jannat – foydalari, jahannam esa zararlaidir.

Moona: Kim uch narsani da’vo qilsayu, uch narsadan o’zini poklamasa, u aldangan bo’ladi: 1) Allohning o’rtga qo’ygan axloq asoslariga rioya qilish zavqli ekanidan lof ursayu, lekin dunyo sevgisidan voz kechmasa; 2) Amallarni yolg’iz Alloh uchun qilishni sevishini aytsayu, lekin insonlarning unga ta’zim qilishidan mamnun bo’lsa; 3) Allohni sevaman desayu, lekin nafsini tarbiya qilmasa, u kimsa aldangan bo’ladi.

Moona: Mansur ibn Ammor, bir yoshga o’git bera turib, shunday deydi: - Ey azamat, yoshliging seni aldab qo’ymasin! Qanchadan – qancha yoshlar borki, tavbani orqaga suradilar; yomon fe’llarini yaxshi fe’llarga aylantirmaydilar. Hoyu-havasga beriladilar; o’limni unutadilar. “Erta-indin tavba qilarman, yomon fe’llarimdan voz kecharman”, - deydilar. Lekin shu tariqa g’aflat ichida o’ralashib yurarkan, kutilmaganda o’lim farishtasi keladi va u o’zini lahatda ko’radi.

Moona: Rivoyat qilishlaricha, Jabroil alayhissalom Hazrati Nuhdan so’raydilar: - Ey payg’ambarlarning eng uzun umr ko’rgani! Dunyo hayoti haqida qanday hulosaga kelding? Nuh alayhissalom shu javobni berdilar: - Ikki eshikli uyga o’hshaydi!... Biridan kirdim, boshqasidan chiqdim.



ïîëíàÿ âåðñèÿ ñòðàíèöû