Ôîðóì » Din » Latif so'zlar » Îòâåòèòü

Latif so'zlar

Moona: Uch kishi uch narsa bilan bilinadi: G azabi kelganda o zini tuta olgan kishi haqiqatda halim kishidir. Urushda jasurlik ko rsatgan odam rostdan jasurdir. Muhtoj bo lganda yordamga kelgan do st haqiqiy do stdir. Arabchadan Tolibjon Nizom tarjimasi Musulmonlar taqvim kitobi dan olindi

Îòâåòîâ - 40, ñòð: 1 2 3 All

Moona: Amallarning afzali farzlarni ado etmoq, Alloh harom qilgan ishlardan taqvo qilmoq va Alloh taolo huzuridagi narsalar hususida niyatni holis qilmoqdir. Umar ibn Xattob

Moona: Zulmning ota – onasi – nafsdir. Nafs – go’yo valadi zinodir. Uning oqibati halokatdir. Zulm – o’zganing zulmini chaqiradi, nafs – o’zganing nafsini o’ziga chorlaydi.

Moona: Alloh har bir bandasiga baxtni mo’l – mo’l beradi. Bu huddi yomg’ir tomchilariga o’xshaydi. Birov tomchilarga kaftini tutadi, boshqasi tadbir ishlatib ko’proq to’playdi. Hudo yog’dirayotgan bahtga ega bo’lish uchun kishi Haq talabidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak. Halollik, poklik, atrofdagilarga mehr – muhabbatda bo’lish… kabi fazilatlarsiz bu baxtga ega chiqish mushkul. Ba’zi birovlarning quloqlari Haq so’zini eshitishga kelganda igna teshigi kabi torayib, fosiq so’zlar uchun esa katta darvoza kabi ochilib ketarkan. Tohir Malik


Moona: Alloh har bir bandasiga baxtni mo’l – mo’l beradi. Bu huddi yomg’ir tomchilariga o’xshaydi. Birov tomchilarga kaftini tutadi, boshqasi tadbir ishlatib ko’proq to’playdi. Hudo yog’dirayotgan bahtga ega bo’lish uchun kishi Haq talabidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak. Halollik, poklik, atrofdagilarga mehr – muhabbatda bo’lish… kabi fazilatlarsiz bu baxtga ega chiqish mushkul.

Moona: Ba’zi birovlarning quloqlari Haq so’zini eshitishga kelganda igna teshigi kabi torayib, fosiq so’zlar uchun esa katta darvoza kabi ochilib ketarkan. Tohir Malik

Moona: Hayot sabog’ini ko’zi ojizdan o’rganilsa, arziydi. Chunki u hassasi bilan oyoq qo’yadigan joyini aniqlamaguncha qadam bosmaydi.

begi_la: ASHXADU ANA ILAHA IL OLLOH VA ASHDUANA MUHAMMADDUR RASULULOH

Muhibul_Jannah: Begila Shuniyam to'ri yozomabsannn Ashhadu an la ilaha Ilalloh va Ashhadu anna Muhammadun Rasululloh

Moona: Kim Alloh uchun yaxshi ko’rsa, Alloh uchun g’azablansa, Alloh uchun do’stlashsa, Alloh uchun dushman tutsa, Alloh tomonidan bo’lgan valiylikka yetishadi. Mana shunday bo’lmagunicha banda hech qachon iymonning haqiqiy mazasini totmaydi. Garchi namoz va ro’zalari ko’p bo’lsada. Ibn Abbos.

Moona: Alloh bandasiga amali uchun bermagan narsasini niyati uchun beradi. Chunki niyatda riyo bo’lmaydi. Ikrima.

Moona: Quloqdan kirgan sovuq so’z, ko’ngilga borib muz bo’ladi. O’zbek halq maqoli.

Moona: Men bugun tug’ilgan kunimga to’plangan odamlardan hijolat bo’lib turibman. Chunki o’limga ketayotgan odamning tug’ilgan kunini nishonlashi o’ta kulgilidir. Shu bois men bu kunni daftarchamga BEHUDA KUN deb yozib qo’yaman. Lev Tolstoy.

Moona: Banda yolg’on gapirish va yolg’onchilikdan to’xtamaydi, nihoyat uning qalbida qora dog’ paydo bo’ladi. Borib – borib qalbi batamom qorayadi va Alloh nazdida yolg’onchilardan deb yoziladi. Abdullox ibn Masout.

Moona: Do’stga dushman bo’lish onson, biroq dushmanga do’st bo’lish juda ham qiyin. O’zbek halq maqoli.

Moona: Allohning g’azabi keladigan narsada odamlarni rozi qilishing, Alloh bergan rizq tufayli odamlarga hamd aytishing, Alloh bermagan narsa uchun ularni ayblashing IYMONNING zaifligidandir. Abu Sayid Hudriy.



ïîëíàÿ âåðñèÿ ñòðàíèöû