Форум » Din » Eng muhimi narigi dunyo emasmi? » Ответить

Eng muhimi narigi dunyo emasmi?

Scarlett: Bu savolni ham ko'pincha o'zimimizga berib turamiz, boshqalarni bilmadim ammo men har sevinganimda bu savolni o'z-o'zimdan so'rayman... oddiygina misollar: opamlar hohlagan narsamni olishimga ruhsat bersalar :) o'qishga borganimda birhil payt ''bugun o'qtuvchilarni hokimyatta majlislari bor o'qish yo'q bugun, qaytib ketinglar'' deyishganligida va shunga o'hshashlar. Keyin birdaniga hayolimga: -''Nega men munchalik hursand bulyapman, ahir o'tadi ketadiku, keyingi safar opam ruhsat bermaydilar balki, har kuniyam o'qtuvchilar majlis qilmaydi, hammasi o'tknchi, eng muhimi narigi dunyo emasmi... bitmas tugamas bahtga o'sha yerda erishaman Alloh nasib etsa deyman :) Buning uchun biz Alloh yo'lida bo'lishimiz kerak, iymonli bo'lishimiz kerak.... Shunday emasmi ahir? Fikrlaringizni kutib qolaman...

Ответов - 20, стр: 1 2 All

Mia Colucci: Ha, biz kupincha bu dunyo ishlari bilan bulib, oxiratni unitamiz. Duo qilganimizda ham kupincha bu dunyo narsalarini suraymiz, vaholanki bularning bari utkinchidir. Bir mamlakatda har yili podshox uzgarar ekan. Oldingi podshox esa bir biyobonga olib tashlanar ekan. Bir yili ham avvalgidek taxtga yangi podshox utiribdi. Bir kuni g`amga chumib utirsa, vaziri kelib sababini surabdi. Shunda podshox: Hozir men shoxman, lekin ertaga biyobonda holim ne kechadi deb uylayapman,-debdi. Shunda Vazir unga: Siz hozirdan bunga tayyorgarlik kuring, biyobonga kup daraxtlar eking, ularni soyasida dam olasiz, gullar eking ularning guzalligidan kuzingiz quvnasin, ariqlar oching, chanqovingiz bosilsin, - debdi. Bu hikoyaning ma`nosi shundaki, 1 yilga taxtga utirgan shox bu-biz. Biyobon esa narigi dunyodir. U dunyoda qanday joy egallashimiz bu dunyodagi amallarimizga bog`liqdir.

MrExclusive: da juda og'riqli masala, hayot go'zal...inson tabiatan realist i materialist, hozirgi hayotimiz ko'zimizga juda jozibali bo'lib ko'rinadi, a vaholanki narigi dunyo bundan ming marta ko'proq ziynatlangan,lekin biz ko'z oldimizdagi narsaga qarab intilamiz holos... baribir insonmiz, qulmiz, kamchiliklarimiz judayam ko'p, Alloh hidoyatga chorlamasa hech nima qlomimiz... nmayam qila olardik.. hudodan insof so'rimiza....

TragedyWriter: Мен хам бу дунё билан боглик хаёл сураятганимда купинча нариги дунё эсимга келади...ва купинча ёмон ишлар килаётган булсак, майли эртадан килмиман бу ишни, ёки кейинчалик ташайман бу ишимни , бу охирги мартта килишим, кейин куп куп савоб ишлар киламан деймиз..Лекин битта нарса шунда эсдан чикади:"Эртага бормизми? йукми?"


Casual: майли эртадан килмиман бу ишни, ёки кейинчалик ташайман бу ишимни , бу охирги мартта килишим, кейин куп куп савоб ишлар киламан деймиз.. +1 Shu hech turtki topa olmayapman.

missDiva: Mana buni o'qib ko'ring. Albatta bu sizga foydalidir... Ojiz va haqir holimizda bu dunyoga keldik. Hech narsaga qodir emas edik, Yaratgan qodir qildi. Yurishni bilmas edik, buni ham urgatti. Ilmimiz yuq edi, ilm berdi. Boylik istadik, uni ham in'om etti. Bahtli bulmoq istadik, baht berdi. Bularning ozini bildik, kupini esa bilmadik yoki unuttik. Kim edik, hozir kimmiz, ertaga kim bulamiz, kam tafakkur qilamiz. Bu chegaralangan aqlimiz nimaga etishini bilmaymizu, uzimizcha har narsani fahmlaydiganday tutamiz uzimizni. Hayoti dunyoning ne ekanlgini tuliq bilmaymizu, ojiz kuzimizga kuringani kabi yul tutamiz. Haqiqat shu mi? Inson haqiqat va tugri yulni uzi izlab topmoq istasa, na aqli etadi va na bu qisqa umri... Shuning uchun biz takabbur bandalarni yaratib, biz yashaydigan maskanni hosil qilib, unda qanday yashasak eng chiroyli va saodatli yashamogimizi bilgan Ul Zot, usha dasturni bizga hadiya etib berdi. Ul dasturga faqatgina amal qilmoq bizning burchimizga aylandi. Ammo "aqllilar" uni qadrlamadilar, uzlaricha bir narsalarni uylab topdilar, uzlarini haq deb bildilar, ammo jonlari halqumga kelganida haqiqatni bildilar. Lekin, kech edi... Uttilar va yutqazganlardan buldilar... Astag'firulloh! Birodar shu sababdan sizga aytmoq istaganim bazi gaplarim va tavsiyalarim bor... Iymoningizni ziyoda qiling. Aqidaviy, ya'ni ishonishga bogliq bilgilarni uqing va qattiq ishoning. Tafakkur qiling, uylang, fikr yuriting. Kimmiz uzi? 100 yil oldin qaerda edik? 100 yil keyin qaerda bulamiz? Demak bu dunyo uzi nima? Vaqtinchalik hayotni davom ettirish uchun bu erga kelamiz va urnimizni bizdan keyingilarga qoldirib utib ketamiz. Boy ham, kambagal ham, kuchli ham, zaif ham,hamma! Ulimni eslang...ushbu satrlarni yozgan mening qullarim, hozir satrlarni uqiyotgan kuzlaringiz bir kun kelib chirisini, hasharotlarga em bulishi haqida eslang. Hozirgi guzal qomatimiz, yorqin chehramiz va jushqin harakatimiz bir kun tuhtashligini tafakkur qiling. Abadiylik sari intiling, har narsaning intihosi haqida uylang, hayrlimi yoki hayrsizmi? Uzingizni tozalang, eng asosiysi utgan barcha gunohlariz ucun sidqidildan TAVBA qiling, yiqiling, Alloh j.j. oldida uzingizni hor tuting, kuz yosh tuking, yolvoring va duo qilib, istig'for ayting. Albatta Alloh qalblardagi narsalarni bilguvchi va duolarni eshitguvchi Zotdur. Har hil notugri fikrlarni kallangizdan chiqaring, urniga Islomiy bilgilarni joylashtiring. Boshqa insonlar haqida uylashni bas qiling, uyalish, qurqish, bularni ham unuting. Alloh hozir sizni juda ham aniq va tiniq kurib turganini biling. Quroni Karimda aytilganidek Alloh s.w.t. bizga jon tomirimizdan ham yaqindir. Har erga bormang, har narsa qilmang, har narsani uylamang Alloh gofil emasdur, albatta bilur. Erning qaysidur burchagida va uning ostida bir kichik, zarra misoli chumoli bir oyogini erdan kutarsa uni ham Alloh s.w.t. bilur. Darahtdan bir barg Uning iznisiz erga tushmas, magar Alloh j.j. ning izni bilan erga tushar. Ich-ichizdan bu narsalarni his qiling.... Bundan keyin uzingizni engil his qila boshlaysiz, qalbingizda hikmat va ma'rifat uygonadi. Endi uqishga kirishing, har kuni 1 soat vaqtingizni ilm olishga sarf qiling. Savollar bulsa, qidiring, kitoblarni titing, intiling yoki bilgan odamlardan surang. Qat'iy buling, har qanday gaplarga quloq tutmang. Haq yulni tanladizmi, shu yulda mustahkam buling. Ilm oling, keyin esa usha urgangan ilmizga AMAL qiling. Yahshi dustlar orasida buling, foydali suhbatlar quring. Dunyoni ham unutmang. Islom faqat va faqat yotib olib namoz uqish emas, balkim insonni bu dunyoda ham, u dunyoda ham ikki dunyo saodatiga erishtiradigan dindur. Niyatni holis qiling, har narsa qilsangiz ham ichingizda Alloh uchun deb niyat qiling. Har narsa qilishdan oldin uylang, bu ish Allohga maqul buladimi yuqmi? Qalbingizga quloq tuting... Shuni bilingki insonning ashaddiy dushmani shayton, keyin esa uz nafsidur. Bu ikki narsa qalbingizga g'ulg'ula soladi, adashtiradi, fitna qiladi, aldaydi. Siz astoydil va mustahkam buling. Shaytoni la'in adashgan insonlarni adashtirmaydi, balkim endi ibodatga kirayotganlarni adashtirishga jiddu jahd qiladi. Alloh insonlarning bariga aql ne'matini bergan. Har bir inson ana shu aqli ila harakat qilsa buladi. Allohdan bir turtki kutib yurish bu notugri. Shundoq ham Alloh sizga shuncha narsani bildirdi, qalbingizni moyil qildi, mani sizga ushbu maktubni yozishligimni qismat qildi. Bularning hammasi siz uchun turtkidan ham oshiqroqdir. U yogi sizga havola. Ahir bu dunyoning sinov deyilishi ham shunda da, uzingiz hal qilishingiz kerak. Sizda ihtiyor bor, nimani ihtiyor qilsangiz, Alloh ushani barpo qilib beradi. Har doim shukr qilguvchilardan buling. Alloh s.w.t. sizga shu hayotni nasib etti. Musulmon etib yaratdi. Ziyoli oilada tarbiya qildi, ustirdi. Uzini tanishlikka qodir qildi. Kurmoq uchun kuz, eshitmoq uchun quloq, tanimoq uchun aql ne'matlarini in'om etti. Buning uchun Allohga qancha hamd aytsangiz, shuncha oz. Bir narsani aniq biling, hozir uyqudamiz, vafot qilganimizdan keyin uygonamiz. Alloh taolo barchamizni hidoyat berganidan keyin adashtirmasin! Uzini muhabbatiga garq qilsin! Uzining Kalomini urganib, hayotimiz Qur'on bulmogini nasib aylasin. Alloh sevgisidan kuzimizdan yosh oqib, Uning zikrini qilmoqlikka qodir qilsin! Sizni va Mani chiroyli sabr qilgan bandalaridan qilsin! Amin! P.S. Muallifga: Qadrli do'st, ushbu so'zlaringizni men sizning ruhsatingiz qo'yayapman. Zora bu so'zlarni o'qiganlar o'zlariga yaxshu xulosalar chiqarib olishsa. Iymoningizga iymon qo'shilsin.

Смородина: Ёмон иш киб куйганимни билсам кейин бунга кандай жавоб бераман деган савол келади миямга))

Muhibul_Jannah: Nuqul gapiramiz gapiramiz Gapiramiz A amaldan darak yo'qqqqqqqqq Alloh o'zi amallarimizni Hayrli qisin

perfect_GirL: Ha manam duoda "Iymonimiz mustahkam bolsin" diyman koopincha ... - Odamlarni pul soraganini kordim, mol dunyo soraganini kordim, Farznad soraganini kordim, Mashina soraganini kordim, lekin xech kimni AQL yoki IYMON soraganini xali uchratmadim!!! Inson rizq ketidan quvadi, quvadi yana yana diydi, Lekin Alloh etarakan " Xey Banda seni rizqlantiruvchi o'zimman, naga uni ketidan quvasan" dib

denn: Qisqasi BERGANINGA SHUKUR , BOSHQA GAPIM YO` Q

Muhibul_Jannah: Alloh beraman disa qaytarguvchi yo'q Alloh bermiman disa berguvchi yo'qqqqq

denn: Eng muhimi narigi dunyo emas, balki bu dunyo.Bu hayotni pastga urish alloh ne`matini erga urishdir, qolaversa, bu dunyoda amalga oshirgan ishlaringga qarab, narigi dunyodagi oz mavqelaringni belgilaysizlar. Yuqoridagi postlarda hamma narigi dunyo muhim deb yozgan, ammo sozlarga etibor bersangiz bu dunyoning muhimliroq ekanligi oz-ozidan kelib chiqadi.

Bobosh: denn пишет: ng muhimi narigi dunyo emas, balki bu dunyo.Bu hayotni pastga urish alloh ne`matini erga urishdir, qolaversa, bu dunyoda amalga oshirgan ishlaringga qarab, narigi dunyodagi oz mavqelaringni belgilaysizlar. Yuqoridagi postlarda hamma narigi dunyo muhim deb yozgan, ammo sozlarga etibor bersangiz bu dunyoning muhimliroq ekanligi oz-ozidan kelib chiqadi. 100 %

MrExclusive: yu butta eng muhimi Narigi dunyo emasmi dgan savol to'g'ri qo'yigan, eng mo'himi narigi dunyo, chunki narigi dunyoga bo'gan ijobiy intiish yani jannat uchun intilish, shahssi bu dunyodegi hatti harakatini belgilab beradi.Allohga ishonganlar gunoh qilishda qo'rqadi i baribir gunoh qsayam Allohdan qo'qadi.Chunki narigi dunyoni hamma doim yodida saqlab yuradi, shuning uchunam hatti harakatlarimiz insoniy ko'rinishga ega, agar narigi dunyoni muhimligi bo'maganda bizi bu nafsimiz nmalar qilishshi hohlamidi?!....Eng muhimi narigi dunyo db Alloh nematini biz yerga urmayapmiz, faqat ikkita tushunchani solishtiryapmiz holos, qaysi biri mo'himroq db. va etilganku bu foniy dunyo , narigi dunyo esa boqiydur, albatta foniy narsadan boqiy narsa ustun. va eng asosiysi bizga bu nematlar sinov uchun berilgan holos.Lazzatlanishshi haqiqiysi narigi dunyoda.!.

GODzilla: Ollohim o'zi kechirsin, yurgan yo'limizda gunoh qilamiz, o'tirgan joyimizda gunoh qilamiz. har kuni til bilan, ko'z bilan, xayol bilan, qo'l bilan, oyoq bilan gunoh qilamiz. Bu ishlarimiz gunohligini bilaturib qaytmaymiz, oxiratni uylamaymiz. Ey, odamzot! Oxiratingni uyla, bu dunyo foniydir gunoh ishdan o'zingni saqla, bu dunyoda savob ish qil, zero boqiy dunyoda savob ish qilomisan, savobni ham gunohni ham bu dunyoda qilishing mumkin, u dunyoda faqat qilgan ishlaringa javob berasan, u dunyoda azgina yetmagan savobni topomisan. Bas shunday ekan savob qilib qol, nafsingni tiy, gunoh ish qilishdan o'zingni ehtiyot qil, shukur qilivchi banda qilishini Ollohdan so'ra. Vassalomu aleikum va Rahmatulloh. Olloh hammamizdan rozi bo'lsin!

SHahinur: Eng muhimi narigi dunyo,bu dunyo utkinchi hozir ertalabdan kechgacha ishlab yiqqan boyligizu mansabiz eng mashhur institutlada uqib olgan bilimlariz hammasi sizdan kegin shu dunyoda qolib ketadi uni bittasini ham u dunyoga olib ketomisiz siz bilan faqat qilgan yahshi amallariz savob ishlariz ketadi,bu dunyoni muhim dib hayotga bir marta kelamanku dib kunini mayishat eb ichish pul topish hammadan ortiq bulib kiyinib boyligini uzini kuz kuz qilib yashab bir marta bulsa ham namoz uqimagan insonla bir kun u boqiy dunyoga borganda nima dib javob beradi,nimasini olib ketadi u dunyoga hech narsasini,hattoki utib ketganidan kegin orqasidan qolgan farzandlari ham bir marta quron uqib ota-onasi haqqiga duo ham qilmidiganlari bor,sababi ula bu dunyoni muhim dib uy hayoli faqat shu dunyoda bulib qolgan u dunyoni bir marta ham uylashmidi,tobaaayuu nechta odamdan eshitganman namoz uqimisizmi disa ha ulgiraman hali yoshmanku 60 ga kirib pensiyaga chiqib oli kegin hijobga kirib namoz uqirman diydi ertaga nima ovqat eyishiyu qatga borishini erta mayliku yarim soatdan kegin nima bolishini bilmagan odamzod qanaqasiga 60 yoshga kiradimi yoqmi shuni tushinib etmidi ha hozir uynavoli kegin ulgiraman dib quyishadi hali shu etvotgan gapini ohirigacha gapirishga ulgiradimi yoqmi balkim umrining ohirgi kunidir shu gapni gapirvotgan vaqti shulani bilmi turib hammasini orqaga tashlab bu dunyo muhim dib jar solib uynab kulish boylik mansab orttirish bn ovora bulishadi,ertaga u dunyoga borganda ota-onasiga yaqinlariga yopishadi san urgatmadin shulani gapirmadin dib,albatta usha vaqtda ota-ona atrofidigi yaqinlari ham shuni yuldan qaytarmagani gapirmagani uchun javob berishadi. Hozir shunaqa odamlaga gapirib yulga solaman diganlani masxara qilib ha uzin uqivur qivur man uchun ham uqib quyaqol dib kulishadi,narigi dunyoga borgandaku uje hammasi kech bulganini chunib etishadi.U dunyoda hammamizni yuzimiza yoru bulib savobli ammalarimiz bilan jannatlada yurish nasib qilsin.

denn: Hammamiz yatamiz gunih qilamiz gunoh qilamiz deb, Buyuk shoirimiz shunday degan "Peshonamga Ozing yozgan bolsang men na qilay" Bunga qanday sharh berasizlar, men kopincha bunga tayinli javob totpolmayman.

Muhibul_Jannah: Dunyo yaralishidan 50 000 yil oldin Hammamizni taqdirimiz "Lavhul MAhfuz"ga yozib qo'yilgan, LEkinnn Shu lekiniyam borde Inson taqdirini ozgatira oladi O'z amallari Duolari bilan

jasper: albatta yo' eng muhimi kantrakt to'lash

jasper.@mail.uz: albatta yo'q eng muhimi hozir tirikligim na mening oqishdagi kantraktim

kiper.@mail.uz: men dunyoga kelib shu dunyoni tanidim va shu dunyo menga huddi o'ziga sig'dirmayatgandek u dinyo haqidagi hayoti haqida tayorlov boshladi men o'layman u dunyo bormi bor bo'lsa nega biz o'sha dunyoga shoshilmaymiz va shu dunyodan huddi uydan boshqa uyga ko'chishni hohlamagandek etimiz jimrlab bazan ko'zga uyqu kelmaydi yoki budunyo shunchalik azoblimikan ketganlar hech qaytmaydui bazan kitob mutola qilganinm da shu dunyodan boshqa dunyoni tan olmay qolama va yana shunday duno borligiga va ruhim tanamni tark etib boshqa dunyoga uchishiyu va meni kimdur savol va javob qilishiga ishonaolmay qolaman balkim shunchaki organizim o'z foaliyatini to'xtadi va men uxlaymanu qaytib uyg'onamayman bu shunday uyquki men undan qayta turmayman va hech qanday tashqi tasirni men sezmayman va en qizig'i men tush ham ko'rmayman endi aytingchi qanmday qilib ,,eng muhimi nargi dunyo emasmi?" deyolasiz...



полная версия страницы