Ôîðóì » Din » Islomiy sheriyat. » Îòâåòèòü

Islomiy sheriyat.

SHahinur: ILTIJO. Mendan ibodatu Sendan ijobat, Mendan itoatu Sendan hidoyat, Mendan qanoatu Sendan baroat – Yojg’iz madadkorim, Parvardigorim. Savobu gunohim bilguvchi O’zing, Umrimni, rizqimni berguvchi O’zing, Imonimni butun etkuvchi O’zing – Yolg’iz xaloskorim, Parvardigorim. Qilgan gunohlarim kechir, Xudoyim, Obi Kavsaringdan ichir, Xudoyim, Borar yerimni keng bichir, Xudoyim – Sensan najotkoim, Parvardigorim.

Îòâåòîâ - 11

SHahinur: Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh, Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh, Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda? Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari. Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz, Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz. Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor, Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari. Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron, Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON, Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari. Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada, Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada. Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari. Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz. Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari

SHahinur: MAHSHAR YAQIN... Mahshar yaqin, taqdir – o’q, Zumda eltar hammani. Tahorat yoq, tahsin yoq, Niyat qani – ahd qani? Yetmasmu bu shaytonning Shunchalar avragani? Tarovati imoning- Ruku, qomat – shahd qani? Mudom istarsan parvoz, Nedur qanoting sani? Allohga eng yaqin roz- Qa’da, sajda – taxt qani? Tilovat yoq, takbir yo’q, Namoz qani – baxt qani? Bundan o’zga tadbir yoq Asl Yorni ko’rgani...

SHahinur: Maqom berdi Hazrati inson, Zikr uchun shirin bir lison, Qani endi bizdagi vijdon, Sen Robbingni sog'inmadingmi. Qalb tubiga bir bor nazar sol, Iymon yig'lar,g'arib bemajol, Sabr ila kutar Zuljalol, Sen Robbingni sog'inmadingmi. Nafsing gunoh dashtida kezar, Jannatni Haq bizlarga bezar, Buni qachon yuraging sezar, Sen Robbingni sog'inmadingmi. Ko'zing nurin kim ato etdi, Loydek jisming kim aziz etdi, Nahot aqling boshingdan ketdi, Sen Robbingni sog'inmadingmi. Sog'inarsan jufting, onangni, Eslaysanmi, ahdli sanangni, Robbim Alloh degan va'dangni, Sen Robbingni so'ginmadingmi. Qolmoqchisan dunyoda qancha, Man-man degan o'tdilar ancha, Insof bormi senda zarracha, Sen Robbingni sog'inmadingmi. Almisoqda ahdni bergandik, Biz shaytonni dushman bilgandik, Muhammadga ummat bo'lgandik, Sen Robbingni sog'inmadingmi. Tuproqdan yaraldik, asli tuproqmiz, Haqni Qudrat qo'lida ojiz yaproqmiz, Ibodatga butun,loyiq, yaroqmiz, Sen Robbingni sog'inmadingmi...


Moona: TILAK!!! Angladim oddiy bir haqiqatni men Shu oddiy haqiqat ostida o‘sdim. Ne desangiz deng sadoqatni chin, Iymonni ilindim sizga, ey do‘stim! Oila muqaddas dargoh har mahal, Har qanday holatda sizga bor dahlim! Dunyo taomini tutishdan avval Iymonni ilindim sizga, ey ahlim! Qalbim alamzada fitna dunyodan Odamlar bir-birin qutlagan zamon. Lazzatliroq bo‘lmish shirin halvodan Iymonni ilindim sizga otajon! Sarhil liboslardan tog‘liklar yasab Akalik mehrini ko‘z-ko‘z etmish jon. Taqvo-yu, hayodan dasturxon tusab, Iymonni ilindim sizga singiljon! Ukalik mehrini namoyish etgan Jonlar boshlarini tutmish har qachon. Men esa hammaning yodidan ketgan Iymonni ilindim sizga akajon! "Tog‘a-pir!" degandi qaysi bir oqil, Pirlik maqomingiz o‘tayman qachon? Murid sovg‘asini aylangiz qabul- Iymonni ilindim sizga tog‘ajon! Onamning singlisi - qalbim surati, Turfa liboslarning o‘rniga bu on Muhtaram volidam isi hurmati Iymonni ilindim sizga xolajon. Iskandar misoli kimdir dunyoni Poyiga to‘ldirmish jannatim debon, Men oddiy farzandman, eslab Xudoni Iymonni ilindim sizga onajon. Onajon, otajon, singlim, tushuning Sizga bu dunyoda kelar tilingim, Abadiy dunyoning saodati deb Boshqa hech narsani yo‘qdir ilingim... ... Balki bu siz uchun katta sovg‘amas, Balki kulgingizga sababdir tuhfam?! Ammo shuni biling, iymonsiz olam Hech qachon ochilmas, abadiy qafas. Unda na havo bor, va na bir teshik Go‘zallikdan bahra olmoqchilarga, Tarozi shu qadar ishlarki aniq Gunohin o‘zgaga solmoqchilarga. Qiynoqlar tinmasdan, qalblar bezovta Tanalar bir erib, qayta tiklangay. Dunyoning jamiki chiroyi sohta, Alar jahannamda bosib yuklangay... Iymonsiz dunyoning lazzati nedir, Islomsiz hayotning ma’ni ne asli? Ushbu savolimga javob bittadir Bu dunyo aslida yolg‘onlar fasli! Keyingi hayotda imkon berilmas, Keyingi umrning sinovi yo‘qdir. Iymon bilan o‘lgan pushaymon bo‘lmas, Uning bu dunyoda armoni yo‘qdir... Shu bois, iymondan ilinjim o‘zga, Boshqa bir tuhfam ham yo‘qdir, jonlarim! Siz meni qanchalar sevsangiz shuncha Iymonni ulashdim, qadrdonlarim!

Muhibul_Jannah: DUNYONING JAMIYKI YO'LINI KO'RDIK ENDI BIR POKIZA YO.LNI KO.RSATING YOLG.ON TARIHLARDAN YUZIMIZ BURDIK IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING O.RGANDIK JADVALNING NE BO'LSA QISMIN HATTO BILIB OLDIK HAYVONLAR JISMIN VALE BILMAY O.SDIK ALLOHNING ISMIN IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING TARIH-U, JUG'ROFI, KIMYOLAR YAXSHI KO'ZIMIZ ILG'AMAS DUNYOLAR YAXSHI AL . JABR FANIDAN BAHOLAR YAXSHI IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING ANGLADIK ISLOMSIZ FANLAR MO.RTLIGIN GO.YO DARVOZASIZ SHOXSIZ YURTLIGIN BILDIK IKKI KARRA IKKI TO.RTLIGIN IYMONDAN DARS BERING ISLOM O.RGATING AZIZ MUALLIM MUHTARAM USTOZ!!! DARSLAR JADVALIga YOZING ILTIMOS ABADIY DO'ZAXDAN BO'LAYLIK XOLOS IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING ASLI IYMON ILA ISLOM SHARAFDIR ALLOH BITTA EGAN KALOM SHARAFDIR DUNYONING DARSLARI BO.LAK TARAFDIR IYMONDAN DARS BERING ISLOM O.RGATING BU ILM FARZ BO'LMISH HAR YIGIT . QIZGA BU YO'L ALLOHDAN OMONAT BIZGA IYMONDAN DARS BERING ISLOM O'RGATING

Moona: ENG KATTA MUSIBAT... Bu dunyoda iymon bilan nurga cho‘mgan bir ummat bor, Ul ummatning yo‘li kengdir, Barchasida ming rahmat bor, Hayotida hotirjamlik, O’limida ming hikmat bor, Rozi bo‘lar taqdiriga Tutar ikki enlik xat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Kimdir o‘lar, kimdir nafas olmoq ekan, anglab yetdik. O’zni mangu da’vo qila, Go‘ristonni manzil etdik. Oling, mana, dunyongizni, Habibulloh birla ketdik, Endi bizga na go‘zallik, Va na sokin halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Holatingiz ko‘rdik, mahzun, Asliyatga tezroq qayting, Ajal o‘qi aniq erur, Unga boqmang, kulib "Hay" deng, Dunyo ostin-ustin bo‘lib ketmaydimi, endi ayting, Yelkamizdan qolib ketgan O’lim tutar omonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Otangiz ham, onangiz ham, Bir kun sizni tashlab ketmish, Yuraklarni tilka-pora Aylabon, zor g‘ashlab ketmish, Ko‘zlaringiz balki namlab, So‘nggigacha yoshlab ketmish, Ajal kelsa, siz qochguvchi Qandayin bir imorat bor: Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Chakki tomgay, endi aslo yamab bo‘lmas bu uy tomin, Oinasi parchalanmish, O’rnatmoq na singan romin Qiyomatga qarab yo‘lin Tutib bo‘lgach soqov zamin, Ayting, to‘sib qolar qay kuch, Va qandayin tumonat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Barchamizning qalbimizda Dunyoga bir muhabbat bor, Muhabbatdan hosil bo‘lgan Razillik bor, qabohat bor, Oxirlamish so‘zim mening, Xitobimda nadomat bor, Ayo, ummat, bu dunyoga Nechun qattiq sadoqat bor, Zamin og‘ir nafas olar, Unda qanday halovat bor, Rasululloh vafot etdi, yana qanday musibat bor?! Hayrulla Hamidov

Moona: KECHIR! Quyosh g‘arbga ketdi sho‘ng‘ib, Uxlolmadim, kechir rabbim! Siltadilar: "yig‘lagin", deb Yig‘lolmadim, kechir rabbim! Ko‘kka nolon nido qildim, Chok-chok bo‘lgan ko‘ksim tildim, O’zimni gunohkor bildim, Yig‘lolmadim, lekin Rabbim! Kimning ishi tushsa gar, bas, Yordamim tutdim har nafas, Yaxshilikdan boshim chiqmas, Yig‘lolmadim, lekin Rabbim! Ko‘zimda nur, yovuz kulgu, Qalbimda ishq to‘la tuyg‘u, Har kun boshim mehrobda-yu, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Ishim mening sahovatdir, Bilmaganim - halovatdir, Bu qandayin musibatdir: Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Yomg‘irpo‘shdan topib panoh, Yomg‘irda ham qildim gunoh. Hush’u menga yot bo‘ldi, oh... Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Ko‘kka porlab chiqqach oftob, Senga nolon qildim xitob... Bir qatra yosh bo‘ldi kamyob, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Istadim-u, qalbimda g‘am, Dod-voy soldi tog‘-u, tosh ham, Vale aylab ko‘zimni nam, Yig‘lolmadim, kechir Rabbim! Rabbim, sokin uxlat meni, Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni Ne qilsang ham yig‘lat meni... Hayrullo Hamidov

Moona: Yaqin nima? Yaqin qiyomat. Yaqinroq-chi? O’limdir albat. Ajab nima? Tug’ilgan go’dak. Ajabliroq? Foniyni sevmoq. Shirin nima? Farzand, arjumand. Shirinroq-chi? Tanda issiq jon. Mehribon kim? Otam, volidam. Mehribonroq? Yaratgan Egam. Go’zal nima? Odamzot shakli. Go’zalroq-chi? Allohning vasli. Lazzat nima? Nafsni qondirmoq. Lazzatliroq? Jannatga kirmoq. Hayrli ish? Alloh nazdida ibodat-la halol kasb qilmoq Hayrliroq? Birov baxtiga hasad qilmay, dildan sevinmoq.

Moona: -Boshingda nima bor? -Toji davlat. -Ko’zingda nima bor? -Nuri Muhammad. -Tilingda nima bor? -Kalomi shahodat. -Qulog’ingda nima bor? -Azon-u qomat. -Burningda nima bor? -Bo’yi Muhammad. -Qo’lingda nima bor? -Hayr-u sahovat. -Belingda nima bor? -Kamari xizmat. -Tizzangda nima bor? -Hurmat-u izzat. Qalbingda nima bor? -Allohga muhabbat. Fazil Zohid (Xorazm)

salim-8888: salim-8888

A:



ïîëíàÿ âåðñèÿ ñòðàíèöû