Ôîðóì » Din » Hadislar - ezgulik kaliti. » Îòâåòèòü

Hadislar - ezgulik kaliti.

Moona: Assalomu alaykum! Barchamizga Alloh taoloning rahmati va mag’firati nasib qilsin! Hadislarni o’rganish va ularga amal qilish har bir mo’minning burchidir. Zero, Payg’ambarlar sayyidi, Rasulimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallam va ularning sahobalari qoldirgan hadislarga amal qilish mo’minning u duyo va bu dunyosini obod bo’lishida yordam beradi, inshaolloh. Alloh hech kimni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!

Îòâåòîâ - 16, ñòð: 1 2 All

Moona: Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: Rasululoh sallallohu alayhi va sallam: “Mening nafsim qo’lida bo’lgan Zot nomi bilan qasamyod qilaman,sizlar musulmoni komil bo’lmaguningizcha jannatga kira olmaysiz. Musulmoni komil bo’lishingiz uchun bir – birlaringizga muhabbat qo’ymog’ingiz shart. O’rtalaringizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni oshkora beringiz va bir-birlaringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya’ni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi” – dedilar.

Moona: Abdulloh ibn Amr ibn al-Osdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululoh sallallohu alayhi va sallam: “Ikki mo’min banda bir-birini ko’rmay turib, ularning ruhlari bir kunlik yo’lda uchrashadi”, dedilar.

Moona: Alloh Muso(a.s.)ga marhamat qilibdi: "Ey, Muso! Men uchun nima xizmat qilding?" Muso(a.s):"Yo Rabbim! Sen uchun namoz o'qidim, ro'za tutdim, tasbeh aytdim, sadaqa berdim..." Alloh yana marhamat qildi: "Ey, Muso! Bularning hammasi o'zing uchun. Namoz o'qigan bo'lsang, evaziga jannat beraman. Ro'za tutgan bo'sang, qabringda va sirotda senga nur bo'ladi. Tasbeh aytgan bo'lsang, jannatda o'zinga mevali daraxtlar bo'lib ko'karadi. Sadaqa bergan bo'lsang, raddi balo, ya'ni sebga keladigan balo-qazolarga, falokatlarga qarshi turadi. Barcha bu qilgan ishlaring o'zing uchundir. Men uchun nima qilding?" Muso (a.s):"Allohim! Sen uchun nima qilmoq zarur?" Alloh Taolo:"Men uchun bir kishini sev, uni o'zinga do'st tut. Sevganingni Men uchun sev, sevmaganingni Men uchun sevma! Men faqat qulimdan shunday qilsagina rozi bo'laman". dedi.


Moona: Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilindi. Dedilar: “Ikki xislatdan afzal narsa yoq: -Allohga imon keltirish va - musulmonlarga manfaatli bo’lish. Ikki yomon xislat borki, undan yomon narsa yoq: - Allohga shirk keltirish va - Musulmonlarga zararli bo’lish”. Ibn Hajar Asqaloniyning “Oxirat kuniga tayyorgarlik” kitobidan.

Moona: Nabiy (s.a.v.) dedilar: “On nafar odamning namozini Alloh Taolo hech ham qabul qilmaydi: 1. Qiroat qilmasdan yolg’iz namoz o’quvchi kishining. 2. Zakotini ado etmaydigan kishining. 3. Qavm yaxshi ko’rmasa ham, imomlik qilaveradigan kishining. 4. Qochoq qulning. 5. Surunkasiga ichkilik ichadigan kishining. 6. Ayol uxlashga yotganda eri unga darg’azab bo’lsa. 7. Yopinchiqsiz namoz o’qigan ozod ayolning 8. Ribo eguvchi (sudxo’r) kishining. 9. Zolim rahbarning. 10. Namozi buziq va munkar ishlardan qaytmaydigan kishining. Bunday odamning namozi kishini battar Allohdan uzoqlashtiradi”.

Moona: Hadislarda bayon qilinishicha, yomon olimlar quyidagilardir: 1. Bor ilmlariga amal qilmaydiganlar; 2. Ilmlarini suiiste’mol qiluvchilar va dunyoviy maqsadlarga vosita etuvchilar; 3. Olimlar oldida maqtanish, ahmoqlar bilan munozara qilish, majlislarda rais bo’lib o’tirish va xalqlarning yuzini o’zilari tomonga burish uchun ilm tahsil etuvchilar; 4. Alloh taoloning roziligini qasd etmagan holda ilm o’rganuvchilar; 5. Riyokor va munofiqlar; 6. Boshqalarga hasad qiluvchilar; 7. musulmonlarning imon va aqidalariga xo’jayinlik qiluvchilar; 8. hojat va mustahiq kishilar bor bo’lib turgan vaqtda ilmlarini yashiruvchilar; 9. tahqir etuvchilar, ya’ni, o’zlaridan ilmi xom kishilarni xor qiluvchilar. 10. bor ilmlarini zoe’ qiluvchilar; 11. Ilmlari sababli o’z o’zlariga husni zon (oqibatni go’zal deb o’ylash) bog’lovchilar; 12. Kishilarga amri ma’ruf va nahyi munkar qilib, shu buyurgan narsalarni o’zlari qilmaydiganlar va tiygan narsalaridan o’zlari tiyilmaydiganlar; 13. Din nomi bilan dinga gumonlar va xurofotlar kirituvchilar; Darvishlar va zohidlar kiyimlari ichida zohiriy ibodat bilan mashg’ul bo’lganlari holda sun zon, g’iybat va naminat (chaqimchilik) kabi axloqsizliklarni o’zlariga odat qiluvchilar.

Moona: Hazrati Umar (r.a.) bir kishining kimligini bilishni istadi. Odamlardan: - Bu kishi xususida nimalar bilasizlar?! – deb so’radi. - Ey mo’minlarning amiri! Men uni taniyman. U yaxshi odam, - deb javob berdi birlari. Shunda Umar (r.a.) unga bir necha savol berdi: - Uni yaxshi taniysanmi? - Ha, yaxshi taniyman. - Nima, uning qo’shnisimisan? - Yo’q, qo’shnisi emasman. - Unda u bilan safarda birga bo’lib, go’zal axloqli ekanini o’shanda payqadingmi? - Yoq, u bilan birga safarga chiqmaganman. - Yo u bilan oldi-berdi qildingmi? Kishining kimligi savdo-sotiq ustida yaxshi bilani. - Yoq, ey Umar, savdo-sotiq ham qilmadim. - Sen uning masjidda namoz o’qiganini ko’rib, yaxshi deyapsan shekilli?! - Ha! Shunda Umar (r.a.) bunday dedi: Ketaver yo’lingdan qolma. Sen bu odamni tanimas ekansan. Bu hodisa ikkinchi xalifa Hazrati Umarning (r.a.) qiyomatgacha musulmonlarga qoldirgan go’zal sabog’idir. Inchunin, bir hodisda: “Kishining namozi va ro’zasi sizni aldab qo’ymasin. Uning pul ustidagi muomilasiga qarang”, deyilgan.

Muhibul_Jannah: Payg'ambarimiz S.A.V dedilar: Ogoh bo'linglar, vujudda shunday bir go'sht parchasi borki, agar u sog'lom bo'lsa, butun vujud sog'lomdir, agarda u buzulsa, butun vujud buzulur, BU QALBDIR (Sahih Buxoriy, "Tajridi sarih tarj" 48-hadis) Dunyo uchun hech qachon o'lmaydigandek, Oxirat uchun ertaga o'ladigandek yasha.

Moona: Man etilgan amallar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Odamlardan chetga chiqib, xilvatda zohidlik qilishni; Marhumlar sha’niga mubolag’a bilan madhiya va marsiya aytishni; Ummatlarning turli nazr-niyoz qilishlarini; Bir uyda yakka uxlashni; Har qanday mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalar (ya’ni, giyohvandlikni); Janglarda ayollarni va norasidalarni qatl qilishni; Soch va soqolning oqlarini yulib tashlashni; Safardan o’z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni; Ikki kishining o’rtasini beijozat yorib, oralariga suqulib kirib o’tirishni; Ummatlarini birovlarni yanglashtirishdan; Oltin va kumush idishlarda ovqat yeyish yoki ichimlik ichish; Qabriston ustida namoz o’qishni; Sabir (aloe) kabi zaharli giyohlarni ko’p iste’mol qilib, hoh inson, hoh, hayvonlarning o’lib ketishini; Mahluqlarning yuziga tamg’a bosmoqni va yuziga urmoqni; Otaning ismini aytib chaqirishni, undan oldinda va yuqorida o’tirishni; Ko’p savol so’rashni, molni zoe qilishni va asossiz gaplarni og’izdan-og’izga naql qilib yurishni man etganlar.

Moona: Alloh aytur: “Saxovatli boyni sevaman, ammo saxovatli kambag’alga muhabbatim bundan ham ziyodadur. Kamtarin kambag’alni sevaman, ammo kamtarin boyga sevgim bundan ham ziyodadur. Toatli keksani sevaman, ammo toatli yoshga sevgim bundan ham ziyodadur. Takabbur boydan nafratlanaman, ammo takabbur kambag’alga nafratim bundan ham ziyodadur. Baxl kambag’aldan nafratlanaman, ammo baxl boyga nafratim bundan ham ziyodadur. Gunohkor yoshdan nafratlanaman, ammo gunohkor keksaga nafratim bundan ham ziyodadur”. Hadisi qudsiy Ahmad Tursun “Taqvo” kitobidan

Moona: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: “Ayol besht vaqt namoz o’qisa, Ramazon ro’zasini tutsa, o’zini begonalardan olib qochsa va eriga itoatda bo’lsa, Allohning jannatiga kiradi”.

Moona: Bir marta «Birodarlarimni sog'indim» degan edilar Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so'raganlarida, «Sizlar mening do'stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og'ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo'minlardir» deb javob bergan edilar.

Moona: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Kimgaki Olloh taolo yaxshilikni ravo ko’rg’aydir, uni din ilmidan bahramand qilg’aydir, ilmga ilm olmoq yo’li birlan erishilg’aydir” -deganlar.

Moona: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlar: “Qo’li bilan, tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musilmondir. Olloh taolo man’ etgan narsalardan qaytgan kishi xudo yo’lida jihod qilgan kishidir”.

Moona: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlar: “O’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakkam mo’min bo’la ololmaysiz”.



ïîëíàÿ âåðñèÿ ñòðàíèöû