Ôîðóì » Din » ISLOM VA IYMON SHARTLARI. » Îòâåòèòü

ISLOM VA IYMON SHARTLARI.

Moona: ISLOM VA IMON SHARTLARI Islom tinchlikka, poklikka, insoniylikka, mehr-muruvvatga, vatanparvarlikka, ilm olishga chaqiruvchi dindir. U insonni ikki dunyo saodatiga yetkazadi. Quyidagilar Islom dinining ruknlaridir: 1. Imon. 2. Har kuni besh mahal namoz o‘qish. 3. Ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutish. 4. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Ya’ni boyligi nisobga (muayyan miqdorga) yetgan musulmonning yilda bir marta haqdorlarga zakot berishi farz. 5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadigan musulmonlargagina farzdir. Quyidagilarga ishongan kishi imonlidir: 1) Allohga; 2) Allohning farishtalariga; 3) Allohning kitoblariga; 4) Allohning payg‘ambarlariga; 5) Oxirat kuniga; 6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga; 7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa.

Îòâåòîâ - 2

Moona: IMON KALIMALARI «L`a il`aha illall`oh, Muhammadur rasul`ulloh». Ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Allohning payg‘ambaridir». «Ashhadu all`a il`aha illall`oh va ashhadu anna Muhammadan ‘abduh`u va ras`uluh». Ma’nosi: «Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qligiga va Muhammad alayhissalom Allohning quli va elchisi ekaniga iqrorman». *Ustiga ushbu (`-) belgi qo‘yilgan harflar cho‘zib o‘qiladi.

Moona: NAMOZ Namoz Islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan. Namoz Alloh bergan hadsiz-hisobsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir. Namoz ibodati tufayli kishining Alloh nazdidagi darajasi yuksaladi. Namozxon oxirat hayotiga tayyorgarlik ko‘rib boradi. Turli bahonalar bilan namoz o‘qimay yurgan kishi Allohning buyrug‘iga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa, katta musibatdir. Qur’oni karimda namoz o‘qish amr etilgan ko‘plab oyatlar bor (mazmunlari): «Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43). «Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz!» (Baqara, 110). «Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o‘qigan namozlaringiz ajrini) zoe ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir» (Baqara, 143). «(Ey Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!» (Ibrohim, 31). "Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o‘qish (farishtalar) hozir bo‘ladigan (namoz)dir. Tunda (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o‘qing! Shoyadki, Rabbingiz Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan maqomda) tiriltirsa» (Al-Isro, 7879). «Ahlingizni namoz (o‘qish)ga buyuring va (o‘zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo‘ling!» (Toha, 132). «Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarga (qo‘rquv va umid bilan) bo‘yin eguvchi kishilardirlar. Ular (barcha) namozlarni (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir» (Mo‘minlar, 12, 9). «Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir!» (Ankabut, 45). «Bas (ey, Muhammad), ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishidan va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o‘qing)! Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!» (Qof, 3940). «(Ey Muhammad,) Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling! Zotan, Siz Bizning ko‘z o‘ngimizda (himoyamizda)dirsiz! (Tongdan uyqudan) turgan paytingizda, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting! Shuningdek, kechadan (vaqt ajratib) va yulduzlar yuz o‘girgach (botgach saharda) ham Unga tasbeh ayting» (Tur, 48-49). «Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachonki unga yomonlik (kambag‘allik yoki musibat) yetsa, u o‘ta besabrlik qiluvchidir. Qachonki unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa, u o‘ta man etuvchi (baxil)dir. Faqat namozxonlar bundan mustasnodirlar» (Maorij, 1923).



ïîëíàÿ âåðñèÿ ñòðàíèöû